Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə26/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil


20-mavzu: Kitob ma’rifat chirog‘i
Kun shiori: “Kutubxonalar - insonning ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojmandi”
Maqsad: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O’quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg’ularini singdirish.
K ommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: „Kutubxonaga kirgan odam, hikmatlar xazinasini topgan bo’ladi “
O’qituvchi:
Taniqli faylasuflardan biri Deni Didro: “Odamlar o’qishdan to’xtashi bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar”, degan edi. Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Kitobning insonlar hayotida nechog’liq o’rni borligi katta ahamiyat kasb etsa. Kutubxonalarning o’rni benihoya tahsinga loyiq. Tarixga nazar tashlar ekanmiz. Har bir hukmdorning albatta, o’z kutubxonalari bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Shundan o’zimizga xulosa chiqarimiz kerak bo’ladiki, odamzod doimo ilmga intilgan, ma’rifat uchun kurashgan. Jangu jadallarda ham Sohibqiron Amir Temur bobomiz o’zlari bilan alohida otlarda kitoblarni ham olib yurishni talab qilgan. Bundan keyin ham qanchalik darajada ajdodlarimiz ma’rifatga osho qalb egalari ekanligini ko’rib, g’ururlanasan. O‘zbekistonimizning har bitta hududida kutubxonalar faoliyat yuritadi. Toshkent shahrida hammamizga yaxshi ma’lumki, Yurtboshimiz tashabbusi bilan zamon talablariga javob Ma’naviyat va Ma’rifat markazi ochildi. Bu ziyo maskani o’quvchilarini o’z bag’riga olmoqda. Xalqimizning ma’naviyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Tumanlarda axborot resurs markazlari xalqimizga xizmat ko’rsatmoqda.
Lekin bizni bitta muammo qiynaydi, oramizda ba’zi bir yoshlar va kattalar borki, ularning ongi dunyosi boylik bilan ovora. Biz o’qituvchilarning vazifasi esa ko’proq o’quvchilarni kitobga va kutubxonalarga jalb etish.

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin