Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o`zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.
Masalan: Yurti boyning o`zi boy, Mehnat qilganning qo`li moy… davom ettiring.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 28-Mavzu: Kiberhavsizlikning asosiy shartlari (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan). Kun shiori: “Ogohlik va hushyorlik har qanday davrda, har qanday vaziyatda davlat, jamiyat va inson uchun eng muhim vazifa hisoblanadi” M aqsad: Verual o‘ynlarning zararlari. Kompyuter mute'ligining jismoniy va ruhiy zararlari. Vertual o‘yinlarning asoratlari haqida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: „Yoshlarimizni har qanday salbiy illatlardan va ma’naviy tahdidlardan himoya qilishimiz, ogoh etishimiz, mustaqil dunyoqarash egasi qilib tarbiyalashimiz zarur “ O`qituvchi:
Biz nafaqat jismoniy tomondan ogoh va hushyor bo`lishimiz, balkim, ma'naviy tomondan ham ogoh va hushyor bo`lishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan ogohlikka va hushyorlikka chorlashimiz zarur. Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, otabobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz bo'lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o'zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug'laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma'qul odatlar haqida ham ochiq so'z yuritishimiz zarur. Do'stlardan qo'rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi». Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo'nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta'sirini o'rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog'lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo'lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. (Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch)