Topshiriq: “Mehrim sizga atalgan” mavzuda dil izhori. Bunda har bir o`quvchi o`zining mehribon onajonisi, buvijonisi, opa-singilisi, amma-xolasiga va ayol ustozlariga qalbdan chiqqan tabriknomasi oq qog`ozga tushiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 24-Mavzu: Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi (kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida). Kun shiori: “Inson uchun birinchi baxt – uning sog`lig`i, ikkinchisi – go`zallikdir” Aflotun Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikka katta qiziqish bilan tayyorgarlik ko`rishni uqtirish, tabiiy fanlarning insonlar hayotidagi o`rni katta ahamiyat kasb etishini tushuntirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Inson salomatligida, oq xalatli shifokorlarning ahamiyati katta”
O`qituvchi:
Abu Ali ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shgan olimlardan biridir. Yirik qomusiy olim sifatida u o`z davri ilm-fanining deyarli barcha sohalari bilan shug`ullangan. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi eslatiladi. Bizgacha esa uning 240 ta asari yetib kelgan.
Ibn Sino asarlari orasida uning mashhur “Tib qonunlari” nomli shoh asari tibbiyot ilmining qomusi hisoblanadi. Olimning juda ko`p qimmatli fikrlari, jumladan, uning inson sog`lig`ini saqlash haqidagi, parhez, gigiyena to`g`risidagi xulosa va maslahatlari hanuzgacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U barcha yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishni tavsiya etgan. Ayniqsa, asab kasalligiga mubtalo bo`lganlarga jismoniy usullar bilan davolanishni maslahat beradi.
Abu Ali ibn Sinoning falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur asari “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi” da bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, zoologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.Ibn Sino o`z davridagi barcha ilm sohalarining rivojlanishida turli masalalarni o`z ichiga oluvchi tabiat falsafasiga katta e’tibor beradi. Ayniqsa, tabobat va u bilan bog`liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, jarrohlik, diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi kashfiyotlar bilan boyidi va yuqori bosqichga ko`tarildi.
Ibn Sinoning tog`larning vujudga kelishi, Yer yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzila bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta ta’sir qildi.