Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Topshiriq: “Bahs - munozara” mashqi



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə31/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Topshiriq: “Bahs - munozara” mashqi. Mavzu: Shifokorlar nima uchun oq xalat kiyishadi va nima uchun qasam ichishadi?


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil


25-Mavzu: Milliy qadriyatlar va an’analarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
Kun shiori: “Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimiz Navro`zga bo`lgan hurmatni, milliy urf-odatlarimizga g`ururni rivojlantirish.
I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,
Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.
Alisher Navoiy
O`qituvchi:
Avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlarimizga amal qilib, bizni shu mo`tabar kunlarga – yangi yilga, Navro`z ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukrona va hamdu sanolar aytishimiz darkor. O`zining buyuk fazilatlariga hamisha sodiq bo`lib, murakkab sinov davrlarida ham Navro`zdek noyob urf-odatini ko`z qorachig`iday asrab, e’zozlab kelgan ajdodlarimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta. Asrlar bo`yi, ming yillar davomida Navro`zi olam xalqimizda, har bir oilada, har bir xonadonda eng orziqib kutiladigan xursandchilik, go`zallik va nafosat kuni, bahor faslini namoyon qiladigan bayram bo`lib kelmoqda. Navro`z – tabiatning uyg`onish, yasharish fasli. Tabiat uyg`onar ekan, inson ruhi ham yangilanadi. Shu bilan birga inson bilagiga kuch, yuragiga yangi intilish, hayotiga yangi umid va orzular kirishi tabiiydir. Barchamizning ezgu niyatimiz – yurtimiz tinch va obod, dasturxonimiz to`kin va barakali bo`lsin, oilamiz va farzandlarimiz, yoru birodarlarimiz sog`-salomat, baxtli-saodatli bo`lsin. Tinchlik barqaror bo`lgan yurtga bayram yarashadi. Halovatli elning bahori ham, yozi ham, kuzi-yu qishi ham-qo`yingki, har bir kuni fayzli-tarovatli bo`ladi. Totuvlik, osudalik bo`lgan joydan balo-qazolar yiroq yuradi. Navro`z yana bir xislati bilan bizning milliy tabiatimizga yaqin. Shu kunlarda eski gina-kuduratlarni, har xil yomonliklarni sedan chiqarish, mehr-oqibatli, muruvvatli bo`lish, beva-bechralarning holidan xabardor bo`lish, yetim-yesirlarning ko`nglini olish singari, Allohning o`zi el-yurtimizga ato etgan ota-bobolarimizdan meros bo`lib kelayotgan fazilatlar ham Navro`zning olijanob mohiyatidir. Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin