Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
21-Mavzu: Kiber makon va biz. (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). Kun shiori: “Fan-texnikaning rivojlanishi insoniyatning ko`pgina ishlarini yengillashtirdi” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, zamonaviy fan-texnika sirlaridan o`quvchilarni voqif etish va ularga bo`lgan qiziqish va hurmatini rivojlantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi.” O`qituvchi:
XX asrning o`rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz oshdi darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 10-15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.
Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.
Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo`jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan-texnika yutuqlarini o`z navbatida yoshlarga yetkazib boorish, hozirgi zamon darslariga qo`yilgan talablardan biridir.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borishi bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo`lishlari lozim.