Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə29/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
23-Mavzu: Ayolga ehtirom! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
Kun shiori: “Mehringiz ila bu dunyoni his etamiz, Onajon! ”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, bu dunyoda onadan mehribonroq, aziz inson yo`qligi, ularga mehrimiz bir dunyo ekanligi uqtirish, onajonlarga yanada mehribonlik tuyg`ularini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,
“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ayol dunyoni tebratadi”
O`qituvchi:
MART Bahorning ilk kuni, yosharish va yangilanish demak, yana bu kun o`zbek xalqining qizi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan kun sifatida, biz yurtimizda bu sanani nishonlaymiz.
Zulfiyaxonim nafaqat o`z she’rlari , balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma’naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramizdir.
Mart oyi bayramlarga boy bo`lgan oylardandir. Bu oyda yurtimizda 8-MART butun jahon xotin-qizlarning bayrami bo`lsa, 21-MART musulmon olamida “Navro’z” bayrami sifatida keng miqyosda bayram qilinadi.
8-MART bugun onajonlar bayrami
Yo`llariga poyondoz dasta gullar bog`lami!
Ona aziz, ona mo`tabar, ona do`st, ona jismu-jonimiz, o`z jonidan farzandini aziz bilgan zot. Ona ertadan kechgacha farzandi tani-jonini, kamolini Ollohdan so`rab duo qilguvchi zot. Kasal bo`lsang, yoki biror –bir g`amga botsang sen uchun qayg`urgan mehribon zot bu mushtipar onajoning. To`qqiz oy seni vujudida saqlagan, hattoki o`sha davrda ham tug`ilajak farzandini, har qanday balolardan saqlashini so`ragan, uni o`zicha katta bo`lsa farzandim buyuk ishlarga qodir farzand bo`ladi deb, orzu qiladi.

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin