Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 16-Mavzu: Yangi yil muborak! Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan. Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon” Kun shiori: “Yangi yilda orzularim olam jahon” M aqsad: O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yangi yil, yaxshi yil ” O`qituvchi:
Yangi yil bayrami bizda har yili 31-dekabrda nishonlanadi. Lekin ushbu bayram turli davlatlarda turlicha urf-odatlar asosida nishonlanar ekan. Bilishni istaysizmi? Qadimda... 13 yanvar kuni ko'pgina xristian diniga e'tiqod qiluvchilar davlatlarda «Eski yangi yil» bayrami nishonlanadi. Bu ham yangi yilning bir ko'rinishidir. Qadimgi Misrda yangi yil bayrami Nil toshqini bo'lgan kunda nishonlanar edi. Bu ko'pincha sentyabrning oxiriga to'g'ri keladi. Nil daryosining toshishi misrliklar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ularning fikricha, shu kunlarda quyosh xudosi Amon o'z xotini va o'g'li Binn bilan daryodan suzib o'tishadi. So'ng yana ibodatxonaga qaytishadi. Shuning uchun ham ular bu kunni bayram sifatda nishonlashagan. Bobilda esa yangi yil bayrami bahorda nishonlangan.Bu vaqtda qirol mamlakatni tark etadi. Xalq esa o'zlari xoxlagan yumushni bajarishadi. Qirol qaytib kelishi bilan aholi o'z ishi bilan shug'ulanadi. Rimliklar uzoq vaqtlargacha yangi yilni birinchi martda nishonlab kelishgan. Eramizdan avval 46 yilda Yuliy Sezar yangi taqvim joriy etgan. Shundan keyin yangi yil 1 yanvarda nishonlana boshlandi. «Yanvar» so'zi Rim hudosi Yanus nomiga qo'yilgan. Rimliklarning fikricha, u ikki boshga ega bo'lib, biri yangi yilga, ikkinchisi bilan eski yilga qarab turgan. Rim yangi yil festivali Kalends deb nomlangan. O'damlar shu kunlari bir-birlariga sovg'alar ulashishadi, bayramni nishonlashadi. Keltlar(hozirgi Fransiya va Angliyaning bir qismida yashovchi aholi) yangi yilni oktyabrning oxirida nishonlashgan. Ularning bayrami Samheyn deb nomlanib, «yil yakuni» degan ma'noga ega. Keltlar shu kuni barcha ruhlar tirilishiga ishonishgan. Bugungi kunda... Avstraliya. Yangi yil Avstraliyada 1 yanvarda nishonlanadi.