Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 15-Mavzu: Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasoratdir Kun shiori: “Eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol bo`lishlikka undash, insonlarga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
“ Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.
O`qituvchi: Ko`pchilik qatorida, faqat vaziyat taqozo etgan taqdirda maydonga otilib chiqish, qahramonlik ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak. Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.
Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.
Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.