Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
14-Mavzu: Zamonaviy mehnat bozori Kun shiori: 21-asr tadbirkorlik asri Maqsad: O‘quvchilarga mehnat bozori haqida tushuncha berish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Asosiy qism: Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir. Umuman olganda, bozor besh funktsiya (vazifa)ni bajaradi:
1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi.