Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə17/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
13-Mavzu: Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
K un shiori:Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega
Maqsad: 8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarining kafolati. Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya”
O`qituvchi:
1989 yil 20 noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Bosh Assamblyeyaning 44/25-Rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1992 yil 9 dekabrdagi № 757-XII Qarori bilan mazkur Konvenstiyaga qo`shilgan.
1994 yil 29 iyundan Konventsiya O`zbekiston Respublikasida kuchga kirgan.
Bolalar huquqlari to`g`risida Konventsiya 3 qism, 54 moddadan iborat.
Bola huquqlari hamma ishtirokchi davlatlarda asosiy o`rinda ekanligi bilan ajralib turadi.
Konvensiyaga ko`ra, bolalarning ulg`ayishida asosiy mas’uliyat ota-onalar zimmasiga tushadi. Agar, ota-onalar majburiyatlarini amalga oshira olmasalar, davlat ularga yordam qo`lini cho`zadi.
Jiddiy holatlarda davlat bolani ota-onasidan olib qo`yishi ham mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida ham quyidagicha belgilab qo`yilgan:
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
Har yili O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kun munosabati bilan Yurtboshimiz tomonidan kelayotgan yil nomlanadi. Bunday yilning nomlanishi ham bolalarimizning baxtli kelajagi uchun xizmat qiladi.
O`quvchilarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko`nikmalarini, ishga ma’suliyat bilan yondashuvni shakllantirish, bezash ishlari ko`nikmalarini rivojlantirish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin