Mashg’ulot turi: Amaliy, og`zaki
Jihoz: Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
Tashkiliy qism. a) salomlashish. b) davomatni aniqlash.
Qisqa savol-javoblar Islohot so`zining ma`nosi nima?
Hozirgi kunda Prezidentimizning islohotlarini aytib bering?
O`zbekiston aholisining katta qismini kimlar tashkil etadi?
Sho`ro davrida “o`rta maktab”lardagi o`qish muddati qancha bo`lgan?
Asosiy qism:
Hurmatli o`quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o`z o`rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo`lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o`ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta`minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo`lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Chunki oilani bekorga jamiyatning kichik ko`rinishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo`lgani singari unda ham o`zining boshlig`i, shuningdek, uning izmi va ko`rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a`zolari bo`ladi. Dono, tadbirkor, uzoqni ko`ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalari ham o`z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas`uldirlar.Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo`lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma`naviy iqlimni o`zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo`lur edi.Sohibqiron bobomiz Amir Temur o`g`il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo`lgan jarayon-larga shaxsan o`zi jiddiy e`tibor bergani bejiz emas, albatta. «Taassufki, ba`zi ota-onalar o`z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o`zgarish ro`y berib, ko`zida yangi-yangi savollar paydo bo`layotganiga ahamiyat bermaydi. Boz ustiga, agar ota oilada o`zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o`rnak bo`lish o`miga qo`pol muomala qiladigan bo`lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, vaqti-soati kelib, uning xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo`ladi».