Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 8-Mavzu: Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management) Kun shiori: “30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun javobgardirlar” Maqsad: O`quvchilarni halollikga o’rgatish
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism: Har bir shahar va tumanda 18 yosh- ga to'lmagan fuqarolarning muammolarini hal etish uchun maxsus bo'lim - voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya mavjud.
Bunday komissiyani tuzishdan maqsad:
voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy man faatlarini ta'minlash;
voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarov- sizligi, huquqbuzarligi va jamoatga qarshi
harakatlarining oldini olish, bunga ko'makla- shuvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
ijtimoiy xavfli ‘ holatga tushib qolgan voyaga yetmaganlarga yordam berishdir.
O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun komissiya voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, ta'lim berish,
moddiy ta'minlash sharoitlarini nazorat qiladi, ularga ishga joylashish va maishiy jihatdan yordam beradi.
Komissiya quyidagilarga haqli:
umumta'lim maktablari va voyaga yetmaganlar bo'lgan boshqa tashkilotlarda bolalar va o'smir- lar bilan tarbiya ishlari ahvolini tekshirish;
voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalarini shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini ko'rib chiqish;
voyaga yetmaganlarni afv etish to'g'risida ilti- mosnomani qo'zg'ash; javobgarlikdan ozod qilish to'g'risida, yengilroq jazo qo'llash to'g’risi-
da, sudlanganlikni muddatidan awal bekor qilish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritish. Komissiya oyda bir marta yig'iladi. Bu vaqt ichida maxsus kishi - komissiyaning mas'ul kotibi
ko'rib chiqish uchun ishlarni tayyorlaydi, muammoni hal etishda yordam bera oladigan mutaxas- sislarni taklif qiladi. Yig'ilishda xalq ta'limi bo'li- mi inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi inspektor, shifokorlar, peda- goglar, mehnat birjasi vakili albatta qatnashadilar. Komissiya a'zolarining hammasi asosiy ishga ega va komissiyaga faqat yig'ilishga keladilar. Agar ayrim o'quvchilar yoki ularning ota-onalari "Ta’lim to'g'risida"gi qonunni buzsalar, komissiyaga maktab murojaat qilishi mumkin. O’smirlarning ma'muriy huquqbuzarliklarini ham komissiya ko'rib chiqadi. Qaror chiqarishdan oldin komissiya a'zolari o'smirning haat sharoitlari, oilaning mod- diy-maishiy sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar to'playdi, o'smir va uning ota-onasi bilan suhbatashadi.