Topshiriq: O`qituvchilarni madh etuvchi dil izhorlari va she’rlardan shogirdlarining kalomi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 5-Mavzu: Prezident saylovining o‘ziga xos xususiyatlari I.Kirish: Sinf soati mashg‘ulotning maqsadi:O’quvchilarga Prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risida tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan O‘quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism. Siyosiy jarayon bu- Biz ko'rib siyosiy kontseptsiyasini jarayoni. uning ta'rifi, nima bo'lishi mumkin? odamlar, tashkilotlar, hukumatlar - - siyosat sohasida kabi rus ilm-fan, turli aktyor munosabatlarni tavsiflovchi tadbirlar, hodisalar va jarayonlar ketma ketligidir.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.