III.Mashg’ulotni yakunlash 1. Nizoni qanday hal etish kerak?
3.O`smirlar o`rtasidagi kelishmovchiliklarda ma`muriy huquqning qanday me`yorlarini qo`llash mumkin?
4. Nizoni tinch yo`l bilan hal etish uchun qanday ko`nikmalardan foydalanish lozim?
5.Siz yashaydigan joyda muammolarni hal etishga qanday yondashuv ko`proq qo`llaniladi? Nima uchun?
6.Muammolarni hal etishga siz qanday yondashuvdan foydalanasiz? Nega?
7.Muammolarni hal etish uchun muzokaralar o`tkazishning kuchli va kuchsiz tomonlari qanday?
8.Muammolarni bartaraf etishda muzokaralarni qanday muvaffaqiyatli yuritish mumkin?
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil 9-Mavzu: Oila psixologiyasi va etikasi haqida tushunchalar Kun shiori: Oila-qo’sh ustunli ayvon.
Mashg’ulotning maqsadi:O’quvchilarga oilaviy qadriyatlar oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunishi,oila sha`nini, uning obro`-e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etishi,oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq ekanligi,o`z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o`z hissamni qo`shyapman, deya olishi,«Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko`rishi,«Halol» va «harom» tushunchalari to`g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o’tkazishi, «Bir bolaga yetti qo`shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab berishi,
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.