Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/37
tarix21.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#187956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tut mevasi va urug’. Urug’lanish tugallangandan keyin onalik gulining tumshuqchasi och qo’ng’ir tusga kiradi va asta-sekin qurib tushadi. Shundan keyin 2-3 hafta o’tgach, to’pgullar mevaga aylanadi. To’pgulning xar bir gulidan aloxida soxta meva (yong’oqcha) rivojlanib, ularning yig’indisi tutning soxta to’pmevasini tashkil etadi. Bitta to’pmeva 20 dan 100 tagacha aloxida mevaning yig’indisidan iboratdir. Tut to’pmevasi sersuv va seret, nordon yoki shirin bo’lib, ayrim navlar (Balxitut, Marvarid tut va boshqalar) dan qand moddasi 15-30% ni tashkil etadi.
Tut daraxtining to’pmevasi tutning turi yoki naviga qarab oq, pushti, binafsha, qizil va qoramtir tusli, shakli silindrsimon, tuxumsimon va dumaloq, uzunligi 7 mm dan 45 mm gacha, og’irligi 1 g dan 5 g gacha (sermevali Lixi-2 navida) bo’ladi.
Tut daraxtining ko’pchilik urg’ochi navlari to’pmevasi serurug’ (20 dan 100 tagacha) bo’ladi. Ba’zi navlari (Balxi tut, Bedona tut, Marvarid tut, Xo’roz tut, Tojikiston urug’siz tuti) ning mevasi esa puch urug’li yoki urug’siz bo’ladi. Buni partenokarpiya (yunoncha «partenos»- bokira, iffatli qiz va «karpos» meva) xodisasi deyilib, unda urug’lanish jarayoni sodir bo’lmay, meva xosil bo’ladi va bunday meva urug’Siz yoki deyarli puch urug’lidir. Ma’lumki, tutning ko’p xillari diploid (ikki ploid) li, ya’ni 28 ta xromosomaga ega. Bu xar bir ploid 14 ta xromosomaga egaligini bildiradi. Bu xildagi tutlarda urug’lanish jarayoni normal xolatda ro’y beradi, xosil bo’lgan meva to’q urug’lidir. Shu bilan birga xromosomalar to’plami karrali oshgan - tri- tetra- penta va xokazo ploidli (xromosomalar to’plami tegishlicha 42, 56, 70 ta va xatto 308 tagacha) bo’lib, ularni ko’p, ya’ni poliploidli tutlar deyiladi. Yuqorida qayd etilgan Balxi tut, Bedona tut, Marvarid tut, Xo’roz tut va Tojikiston urug’Siz tuti uch ploidli, ya’ni xromosomalar to’plami 42 tadan iborat. Bunday tutlarning aksariyati urg’ochi gulli bo’lib, tabiiy sharoitda ularga tushgan diploid (28 ta xromosoma) li erkak tutning spermasi urg’ochi gul urug’ mo’rtagidagi tuxum xujayrani otalantirolmaydi. Chunki otalik gulidagi xromosomalari to’plami (42 ta) o’rtasida muvozanat bo’lmaydi.
Shuni xam aytish kerakki, triploidli Balxi tut va Bedona tut (Xo’roz) mevasi butunlay urug’Siz. Tojikiston urug’Siz tuti, Lixi- 2, Bedona tutlarining mevasi puch urug’li bo’lishiga qaramay, ularda juda kam miqdorda bo’lsa xam to’q urug’lar uchrashi mumkin. Masalan, B.Usmonov 1963-­1964 yillarda keyingi uchta triploidli navlardan sog’lom urug’lar olishga muvaffaq bo’lgan . Shu bilan bir qatorda diploidli tutlarni tetraploidli (56 ta xromosomali) tutlar bilan chatishtirish orqali triploidli tutlar olish mumkin. Diploidli tutlarning urug’i yoki yangi o’sayotgan kurtak bargga kimyoviy (kolxitsin) va fizikaviy (ionlashtirilgan radiatsiya va yuqori yoki past xarakat) omillarini ta’sir qilish orqali xam triploidli tut xillarini xosil qilsa bo’ladi.
Umuman, diploidliga nisbatan poliploidli tutlarning to’pguli, to’pmevasi kattaroq, sersuv va sershira, urug’i va bargi yirik, barg eti qalin, to’q yashil tusli, ustki sirti G’adir-budur to’lqinsimon, barg osti tuklirok, tomirlari yo’g’onrok, barg qirrasining tishlari yirikroq, u ayniqsa yozda dag’allashadi; novdaning o’rta va pastki qismida yasmiqchalar yirikroq bo’lib, siyrak joylashadi.
Triploid tutlar asosan vegetativ (qalamcha, payvandlash va parxish) usullar bilan ko’paytiriladi.
Tut urug’i yongokcha xisoblanib, mayda (2-3 mm) tuxumsimon va qisman qirrali. Urug’ning sirti malla jigar rang tusli qattiq qobiq bilan qoplangan bo’lib, u urug’ ichidagi suvni bug’lanib ketishdan saqlaydi.
Urug’ uzunasiga kesilganda unda taqasimon murtak va uni urab turgan endosperm, ya’ni jamg’arilgan oziq modda (yog va oqsil) ko’rinadi. Murtak uch qismdan: dastlabki ildizcha, ikkita murtak bargchalardan va urug’ osti tirsagidan iborat.
Tutning navi va o’sish sharoitiga qarab 1000 ta urug’ning (absolyut) Og’irligi 1 g dan 2,5 g gacha; 1 g da 500 dan 1000 donagacha urug’ bo’ladi.
Mevasi to’la pishishdan birmuncha oldin undagi urug’ biologik jixatdan yetilgan bo’lib, normal o’sa oladi. Bu esa tut mevasidan erta urug’ yigib, uni yozda 10-12 kun oldin ekish imkoniyatini beradi.
Tut urug’i issiqlikka chidamli bo’lib, +50 darajagacha o’zining unish xususiyatini saqlaydi. Urug’ 15 darajagacha bo’lgan sovuqqa ham chidamli, lekin sovuqlik xarorati 5-6 darajadan osha boshlagan sari sekin-asta urugning ko’karuvchanlik xususiyati kamaya boradi.
R.Abdullaev (1975), Yu.Miralimov (1976) va boshqalarning tajribalaridan O’zbekistan sharoitida tut urug’i kuzda sepilsa, ular qishdan bezarar chiqib, ko’klamda qiyg’os unib, yaxshi ko’qarishi ma’lum buldi.
Tut urug’i yozda +25 daraja, qishda esa +2 darajadan pastga tushmagan va nisbiy namligi 55% dan oshmagan xonalarga qo’yilsa, ikki yilgacha ko’karuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. Bunda quruq urug’ tarkibida 9-10% namlik bo’lishi kerak. Urug’ ikki-uch sutka davomida ivitilib, 28-300 issiqlikda qo’yilsa 4-5 kunda, 35-400 li issiqda esa 2 kun ichida unib chiqadi.
Shunday qilib, tutning mevasi shifobaxsh darmondori xisoblanadi, uning urug’i esa ko’plab ko’chat yetishtirishda as qotadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin