Maklyura avlodining bitta turi uchraydi. Ko’pchilik novdalar tikanli, barglari asosan yaxlit, patsimon tomirli, barg qirralari oddiy yoki arrasimon tishli, to’pguli va mevasi sharsimon, yirik mevali, G’adir- budir.
qog'oz daraxtiavlodining novdalari va barglari sertukli, barg shapalog’i yaxlit yoki har xil darajada kertikli, uning ustki sirti dag’al va ostki tomoni baxmalsimon sertukli, gul va meva to’plami sharsimon. Bu avlodga ham bitta tur kiradi.
Anjirning kenja avlodlarigaxushbuy anjir ( Ficus indica) va bengeliya anjiri - binian (Ficus benglensis) kirib, novdalari baquvvat, yo’g’on, kam yon shox hosil qiladi, bargi juda yirik, barmoqsimon, besh kertikli, yaxlit barglar kamroq uchraydi, barg bandining izi kattaroq, urg’ochi to’pguli noksimon shaklida, urug’lanish hodisasi yashirin holatda ro’y beradi, erkak guli uchta otalik va kosasimon uchta gultevarakligidan iborat. Tup mevasi yapalok yoki noksimon ko’rinishda bo’ladi, rangi sarg’ish yoki to’q jigarrang, mazasi shirin.
O’simliklar sistematikasida avlod deb o’zaro yaqin bo’lgan , gul, meva va urug’larning tuzilishida o’xshaydigan va ikkinchi darajali xususiyatlari (barg, poya, to’pgul, sertuklik, gultoj, urug’ rangli va xokazolar) bilan farqlanadigan turlar gruppasiga aytiladi. Bir qancha o’simliklar barcha asosiy belgilari bilan bir-biriga uxshash bo’lib, lekin ular biri- ikkinchisidan faqat xususiy - o’ziga xos (kattaligi, gulining miqdori, barglarning soni va boshqalar) belgilari bilangina farqlansa, buni tur deyiladi. Turlar ba’zan asta-sekin, ba’zan tez o’zgarishi xam mumkin. Turlar o’ziga xos turg’un belgilarga qarab biri ikkinchisidan ajratiladi. Turlar tur xillari yoki kenja turlarga bo’linadi, bu yanada maydaroq sistematik birlik bo’lib, shu tur ichidagi xar xil formalarni ko’rsatadi. Shuni xam aytish kerakki, botanikada Linney zamonidan beri qo’shaloq atama bilan, ya’ni lotincha avlod va tur atamasi bilan atab yuritish qabul qilingan. Tur atamasidan keyin odatda to’rni dastlab ta’riflab bergan olimning nomi qo’yiladi.
Bevosita tut - Morus avlodini turlarga ajratishda bir qancha qiyinchiliklarga duchor bo’lgan . Ayrim mualliflar tut avlodini 120 tagacha turga bo’lgan bo’lsa, ikkinchilari uning miqdorini 2-3 taga kamaytirishgan. Bunday bo’lishga bir tomondan sistemani tuzishda birlamchi materialning xarakteri turlicha bo’lishi va ikkinchi tomondan mualliflarning tut avlodini tur va tur xillarga bo’lishda xar xil darajada yondoshishi sabab bula oladi. Masalan, Karl Linney 1753 yilda Morus avlodini beshta turga ajratadi: 1- Morus alba L. - oq tut; 2-Morus nigra L.- Qora tut; 3 - Morus rubra L. – Qizg’ish tut; 4- Morus tatarica L. - Tatar tuti; 5- Morus indica L.- Hind tuti.
1873 yilda Byuro degan olim o’zining tut avlodiga bag’ishlangan monografiyasida Linneyning birinchi uchta turini saqlab, Tatar tuti va Hind tuti turlarini yangi uchta turlar bilan almashtiradi, ayni vaqtda oq tut turiga kiruvchi tutlarning urg’ochi gul belgilariga qarab 16 xil tur tuzadi. Byuro sistematikasining kamchiligi shundaki, jinsiy organlarining tuzilishi jixatidan xar xil bo’lganlarini bitta turga kiritgan. Bu sistemada tutning geografik tarqalish sharoitlari to’liq xisobga olinmagan (A.I. Fedorov, 1954).
Tut (Morus) avlodiga tegishli qoniqarli ma’lum bir sistemaning yo’qligi, ya’ni u yoki bu turlar va tur xillarga bo’lishdagi, eng asosiy kamchiliklardan yana biri, ko’pchilik daraxt xillari duragay tutlardan ro’yobga kelganligidandir. Chunki tutning ayrim turlari yashash sharoiti, tuzilishi va xususiyati jixatidan boshqalaridan farqlansa xam ular o’zaro juda oson chatishish qobiliyatiga ega. Shu sababli va tut chetdan changlanuvchi o’simlik bo’lganligi tufayli tabiiy ravishda uning bir shakldan ikkinchi shaklga o’tuvchi xillari paydo bo’ladi. Tut daraxtlarini madaniylashtirish, ya’ni ularning barg xosilini oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida xar xil fizikaviy va ximiyaviy moddalar xamda agrotexnik tadbirlarni qo’llash va ipak qurtiga oziq sifatida foydalanish uchun bargli novdalarni kesish usullari tutni ma’lum sistemaga solishda yana qiyinchilik tug’diradi.
Ozarbayjonda akademik I.K.Abdullaev raxbarligi ostida sun’iy yo’l bilan turli xildagi tutlarni xosil qilish ishlari olib borildi. 1959 yildan boshlangan va xozirgi kunda davom ettirilayotgan tutdagi poliplodiya (xromosomalar gaploid yig’indisining ko’p marta ortishi)ga tegishli tajribalar bunga yaqqol misoldir. Bu tajribalarda tabiatda uchraydigan diploid va tetraploidli xamda bundan ko’proq xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan tut xillarining urug’i yoki yangidan ko’karayotgan kurtagiga kimyoviy modda - kolxitsin ta’sir qilish tufayli uch, besh, olti va xokazo xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan ko’p ploidli tutning turli xillari olingan. Bu tutlarning guli va barglarining tashqi xamda ichki tuzilishi dastlabki ona tutnikidan keskin farqlanadi. I.K.Abdullaev (1976) tutlarni tur va kenja turlarga bo’lishda, ko’p ploidli tut xillarining o’zgaruvchanlik belgilarini xisobga olish zarurligini uqtirib o’tadi. Uning fikricha tut (Morus) avlodini sistematikaga solishda ma’lum bir xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan tut xillarini ayrim turga; xromosomalar miqdori (14-42-70 va undan ko’p) toq songa teng bo’lgan , balans bermaydigan (urug’lana olmaydigan) tut shakliga kenja tur xamda xo’jalik jixatidan axamiyatli bo’lib, u yoki bu turga, tur xiliga taalluqli tut shakli (formasi)ni nav deb aytishni tavsiya qiladi.
Talabga javob beradigan tut avlodining sistemasini tuzish xozirgi kunning amaliy jixatidan xal qilinishi kerak bo’lgan muxim vazifadir. Buni ro’yobga chiqarish uchun so’ngi yillargacha yig’ilgan ma’lumotlarni xozirgi zamon turga tegishli turli nazariyaga suyangan xolda qayta ko’rib chiqilishini taqozo etadi.
Yaponiya botanik olimi G.Koydzumining 1923 yilda tuzgan tut (Morus) avlodining sistematikasi, bir qator kamchiliklari bo’lishidan qat’iy nazar xozirgi kundagiga nisbatan durustroq turkumlash xisoblanadi.
Koydzumi o’zidan oldingi tuzilgan tut daraxti sistematikasi va Tokiodagi ipakchilik tajriba stansiyasining juda ko’p kolleksiya materiallaridan foydalanib tutlarni 24 ta turga bo’ladi. Koydzumi tutning asosan urg’ochi guli ustunchasini uzun - qisqaligiga qarab yuqoridagi turlarini ikkita bo’linmaga: 1- uzun bo’yinli- Dolichostylae va 2 - qisqa bo’yinli- Macromorus ( yirik mevali) ga ajratadi.