Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna


I BOB. ADABIYOTDA AN‟ANA VA NOVATORLIK MASALASI



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə6/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

I BOB. ADABIYOTDA AN‟ANA VA NOVATORLIK MASALASI 

1-Fasl. XX asr hikoyalarida an‟ana va o„ziga xoslik 

Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot 


qonuniyatlariga bo„ysunadi. Jamiyatda yuz bergan moddiy o„zgarishlar badiiy
adabiyotda ham o„zgarishlarni keltirib chiqaradi.
San‟at va adabiyotdagi o„zgarishlar birdan bo„lmaydi. Adabiyotdagi
rivojlanish evolyutsion tarzda sodir bo„ladi. Har bir davr san‟ati o„zidan oldingi 
san‟at bilan bog‟liq bo„lib, takomillashib, rivojlanib boradi. Bir xalq adabiyoti
ikkinchi xalq adabiyotiga ta‟sir etadi. Bundan esa vorislik qonuni kelib chiqadi. 
An‟ana va novatorlik masalasi vorislik qonuniyatining namoyon bo„lishidir.
An‟ana o„tmish adabiyotidan qolgan eng yaxshi g‟oyaviy-badiiy boyliklarni 
keyingi davr adabiyoti tomonidan munosib tarzda rivojlantirilishidir. O„tmish
adabiyoti yoki boshqa xalqlar adabiyotlarining eng yaxshi yutuqlari adabiy an‟ana 
bo„ladi. Masalan, Navoiy o„z asarlarida insonparvarlik, qahramonlik, xalqlar
do„stligi, zulm va razolatga nafrat g‟oyalarini olg‟a surgan. Ana shu g‟oyalar 
keyingi yozuvchilar tomonidan rivojlantirildi yoki Abdulla Qodiriy Valter Skott
hamda Jo„rji Zaydon ijodidagi roman shaklini olib, shu asosda butunlay yangi 
o„zbek milliy romanini yaratdi. Erkin Vohidov esa mumtoz adabiyotdagi g‟azal
janrini yangicha ruh va mazmun bilan rivojlantirdi. 
An‟ana quyidagicha bo„ladi:
-
G‟oyaviy an‟ana. Bu Navoiydagi singari insonparvarlik, qahramonlik 

g‟oyalari va motivlarining rivojlanishidir.


-
Tiplar an‟anasi. Obraz yaratish an‟analarining keyingilar tomonidan 

qabul qilinib rivojlantirishidir. Farhod – Azizxon – Evklion, Gobsek – Qori


Ishkamba ana shu tiplar an‟anasining namunasidir. 
-
Formal an‟analar. Shunisi muhimki, g‟oyaviy an‟analar dunyoqarashi 

bir-biriga yaqin yozuvchilar tomonidan rivojlantiriladi. Formal an‟analar esa


dunyoqarashi turlicha bo„lgan yozuvchilar tomonidan ham rivojlantirilishi 



10


mumkin. Chunki badiiy shakl dunyoqarashga betaraf bo„ladi. Lekin har bir
yozuvchi mavjud shaklni o„zining dunyoqarashidan kelib chiqib bo„ysundirishi 
mumkin. Demak, formal an‟ana bu oldingilardan meros qolib, keyingi yozuvchilar
tomonidan rivojlantirilayotgan janrlar, tasvir vositalari, vazn
hamda qofiyalardir. 

Badiiy shakl sohasidagi an‟analar quyidagicha davom ettiriladi:



Mavjud janr shakllarini rivojlantirish; 


O„tmish an‟analarini sintez qilish; 



Mavjud shakldan qisman foydalanib, butunlay yangi janr yaratish. 


Masalan: poema, roman, g‟azal.

Eski shakllarni “tiriltirish”;


Har bir yozuvchi o„zidan oldingilarning tajribasiga suyanib, biror yangi 
fikr aytishga harakat qiladi, ularning g‟oyalarini rivojlantiradi.
Har qanday yangi asar oldingisiga qaraganda olg‟a qo„yilgan qadam bo„ladi. 
Oldingi asar darajasiga ko„tarila olmagan, taqlidiy asarlar bundan mustasno.
Keyinroq yaratilgan asarni yangilik darajasi turlicha bo„ladi. 
O„tmish adabiy an‟anasidan foydalanib yaratilgan yangilik novatorlikdir.
Har bir asarda ham novatorlik belgilari bo„ladi, har bir yozuvchi u yoki bu
darajada novatordir. Lekin har qanday asar ham, har bir yozuvchi ham to„la
ma‟noda novator bo„lavermaydi. Haqiqiy novator sifatida Hamza o„zbek 
adabiyotida mavjud bo„lmagan drama janrini, Abdulla Qodiriy roman janrini olib
kirdi va yuksak darajaga ko„tardi. Abdulla Qahhor yaratgan Qalandarov obrazi 
ham yuksak mahorat bilan yaratilgan yangilikdir. Lekin har qanday kutilmagan va
oldingi asarlarda uchramaydigan adabiy hodisa novatorlik bo„lavermaydi. 
Novatorlik haqiqiy va soxta bo„lib, haqiqiy novatorlik o„tmish adabiy an‟analariga
asoslanib, adabiyotda yangilik yaratishdir. Ba‟zan novatorlik eskirgan formalarni 
qayta “tiriltirish”ida ham namoyon bo„lishi mumkin. Soxta novatorlik esa yo„q
joydan yangilik yaratishga urinish natijasidir. Bu holda yozuvchi o„tmish adabiy 
an‟analarini mensimay, hech biriga o„xshamaydigan yangilik yaratib, hammani
qoyil qoldirmoqchi bo„ladi. Natijada u muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 



11


Bugungi kunda o„zbek adabiyotidagi badiiy yangilanishlar, shakliy-
mundarijaviy izlanishlar mustaqillikning qo„lga kiritilishi tufayli milliy 
tafakkurda paydo bo„lgan o„zgarishlar bilan bog‟liq. Darhaqiqat, istiqlol yillari
o„zbek she‟riyatida falsafiy-intellektual ohang ancha kuchaydi. Nasrda inson 
ruhiyatini, ehtiros, his-tuyg‟ularning keng silsilasini turfa ziddiyatli bo„yoqlarda
aks ettirish, odamzod shuurini band etgan muammolarni butun murakkabligi bilan 
suvratlantirish, shaxsning yuksak milliy-umuminsoniy mohiyatini ekspressiv
tarzda ochib berishga intilish yetakchi yo„nalishga aylandi. 
Ijtimoiy ongda yuzaga kelgan o„zgarishlar ifodasi sifatida ko„ngil
dunyosining teran qatlamlariga kirib borish, o„zgarayotgan ma‟naviy olamni idrok 
etishning yangicha shakl-tamoyillarini kashf etish uslubiy-shakliy izlanishlar
tabiati hamda ko„lamini belgilab bera boshladi. Ijod, e‟tiqod va so„zga munosabat 
tubdan yangilandi.
Ma‟lumki, har bir davr o„z aqidalari, dunyoqarashi, estetik qadriyatlarini 
ilgari suradi. Mavjud ijtimoiy-psixologik vaziyat, nazariy asos badiiy tizimga ham
ta‟sir ko„rsatadi. Tabiiyki, milliy ma‟naviyat jarayonini shakllantirishda ruhiy 
munosabatlarning ham shaxsiy, ham ijtimoiy mohiyatini poetik tadqiq etish,
an‟anaviy va zamonaviy badiiy tamoyillarning uzviy aloqadorligi tajribalarini 
umumlashtirish, publitsistik-falsafiy tasvir ko„lamini kengaytirish, turfa badiiy
shakllarni uslubiy-mazmuniy izlanishlar bilan boyitish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Modomiki, mohiyatni yangilab turishga yo„naltirilgan adabiyot jamiyat 
belgilab bergan mezonlarga tayangan holda rivojlanar ekan, ongning tadrijiy
takomili poetik tafakkur usul va vositalari, ifoda va tasvir imkoniyatlarini ham 
tabiiy ravishda o„zgartirib yuboradi. Demak, o„z san‟atining spetsifik
xususiyatlarini aniqlab olishda ichki – badiiy-psixologik omillar bilan bir qatorda, 
tashqi – ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotini ham hisobga olish lozim.
Qadim zamonlarda Sharq mumtoz adabiyoti uzoq an‟analar ta‟sirida 
shakllandi. Adabiyot qadim zamonlarda og‟zaki, keyin esa og‟zaki va yozma
rivojlanib keldi. Falsafa, axloq, huquq, tarix, psixologiya kabi fanlarda 



12


bo„lganidek, badiiy adabiyotda ham asosiy obyekt inson va insonning ichki hamda
tashqi dunyosi, taqdiri, hayoti va kurashidir. Ammo uzoq tarixga ega bo„lgan 
adabiyotda inson obrazi turli davrlarda turlicha tasvirlangan. Qadimgi davrlarda
adabiyotda bevosita insonlarni, ularning o„zaro munosabatlarini tasvirlashdan 
ko„ra, asosan tabiatni – kun va tunni, quyosh, oy va yulduzlarni, o„simliklar va
hayvonlarni, aniqrog‟i insonning tabiat hodisalariga munosabatini tasvirlash 
markaziy o„rinni egallagan. Chunki u davrlarda inson tabiat hodisalarini ilohiy
kuch – qudratning zohir bo„lishi deb tushungan. Masalan, qadimgi hind 
adabiyotida o„simliklar, ilonlar, fillar, mollar asosiy obraz sifatida
ilohiylashtirilib tasvirlangan. Yoki turkiy xalqlar adabiy yodgorliklarini o„z ichiga 
olgan “Devonu lug‟atit turk” kitobidagi she‟rlarning ko„pchiligida, shuningdek, yil
fasllari munozarasi, qish bilan yozning “olishuvi” keng tasvirlangan. Yozning qish 
ustidan g‟alabasi katta shodiyona sifatida ko„rsatilgan.
Ana shu faktlarga asoslangan holda qadim zamonlarda adabiyotning tasvir 
obyekti inson emas, tabiat hodisalari bo„lgan deb xulosa chiqarish to„g‟ri
bo„lmaydi, albatta. Bu faktlar qadimgi davr adabiyotida insonning tabiatni 
dualistik tarzda tushunish, tabiat hodisalariga munosabati asosiy tasvir obyekti
bo„lgan, deb xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Adabiyotda qadim zamonlarda tabiatni ilohiylashtirib tasvirlash birinchi
planda turgan bo„lsa, keyinchalik insonnni ilohiylashtirib tasvirlash oldingi planga 
chiqdi. Bu hol qadimgi Yunon adabiyotida – Gomerning “Iliada”, “Odisseya”
dostonlarida, Esxel, Sofokl, Evripidning tragediyalarida asosiy tendensiyaga 
aylandi.
Undan keyin esa adabiyotda insonni tabiat va jamiyatga munosabatini 
romantik umumlashmalar tarzida tasvirlash kuchaydi. Shuning uchun ham
adabiyotda har xil qahramonlik eposlari vujudga kela boshladi. Jasurlik, kuch, 
bahodirlikning, donishmandlikning umumlashma timsoli bo„lgan obrazlar yaratish
mayli kuchaydi.
Fransiyada “Roland haqida qo„shiq ”, Germaniyada “Nibelunglar haqida
qo„shiq”, Rossiyada “Igor polki jangnomasi” kabi eposlar paydo bo„lganligi ana 



13


shundan dalolat beradi. Hind adabiyotida “Ramayana”, fors adabiyotida
“Shohnoma” (Firdavsiy), o„zbek adabiyotida “Farhod va Shirin”, “Saddi 
Iskandariy” (Navoiy), “Alpomish” kabi dostonlar ham insonni romantik
umumlashmalar vositasida ulug‟lash tendensiyasining Sharq adabiyotidagi 
prinsiplari asosida yaratilgan.
Uyg‟onish davri adabiyoti so„z san‟ati taraqqiyotning yangi bosqichini tashkil 
etadi. Chunki Dante, Bokachcho, Rable, Shekspir, Servantes ijodida
umumlashtirish inson shaxsini har taraflama tasvirlash, hayotni, voqelikni keng 
planda ko„rsatish kabi mukammallik kasb etadi.
Shunday qilib, insonni, uning xarakterini, ichki va tashqi dunyosini, umid va 
intilishlarini, hayoti va kurashini tasvirlash jahon adabiyotida asta-sekin rivojlanib
bordi. Bu taraqqiyot A.S.Pushkin, N.V.Gogol, F.M.Dostoyevskiy, L.M.Tolstoy, 
A.P.Chexov tomonidan yaratilgan rus romantik adabiyotida yanada yorqinroq
ko„rindi va yangi bosqichga ko„tarildi. 
O„zbek adabiyoti hind, fors, arab adabiyoti, keyinchalik esa rus va u orqali
XX asr boshida jahon adabiyoti an‟analariga yondashib rivojlandi. Shuningdek, 
qadimgi tarixga ega adabiyotlar o„ziga xos xususiyatlarni yuzaga chiqardi. XX asr
boshlarida adabiyot o„zbek xalq og‟zaki ijodi va mumtoz adabiyotimiz an‟analari 
ta‟sirida rivojlandi. Folklor ta‟sirida yangi davr o„zbek adabiyoti yuzaga keldi.
Uning an‟analarini o„ziga xos tarzda rivojlantirdi. Folklorga xos soddalik 
she‟riyatining barmoqda ekani yangi o„zbek she‟riyatining ana shu vaznda
yaratilishiga ma‟lum darajada asos bo„ldi. Yangi o„zbek adabiyotining 
shakllanishida “Alpomish” dostonining ham o„ziga xos o„rni bor.
Yangi o„zbek adabiyoti rivojida jahon so„z san‟atining hissasi ham salmoqli. 
Ayniqsa, rus tili orqali qilingan tarjimalar (Bayron, Gyote kabi ijodkorlar
Y.Lermontov, A.Pushkin asarlaridan qilingan tarjimalar) XX asr she‟riyatining 
shakllanishida muhim o„rin tutdi. Ammo o„zbek adabiyoti ushbu ijodkorlar
asarlariga o„z vaqtida ta‟sir ham ko„rsatgan. XX asr she‟riyatining shakllanishi, 
keyingi avlod shoirlarining yetishib chiqishida Abdulhamid Cho„lpon ijodining
alohida o„rni bor. Cho„lpon Robindranat Tagor haqidagi maqolalarida 



14


adabiyotning jamiyat hayotidagi o„rni, Robindranat Tagorni jahon adabiyotidagi
mavqeini alohida ta‟kidlaydi. Cho„lpon ijodi Sharq va G‟arb adabiyotini o„ziga xos 
bog‟lovchi ko„prik vazifasini bajardi.
Abdulla Qodiriy esa o„zbek romanchilik maktabini boshlab berdi. U 
jahondagi hind, nemis, fransuz, rus romanchilik maktabidan keyin beshinchi-
o„zbek romanchilik maktabiga asos soldi (Bertels iborasi). Abdulla Qodiriy arab 
romanchiligi an‟analaridan foydalandi. Bu borada Jo„rji Zaydon, Ferdenand
Dyushen an‟analarini davom ettirdi. XX asr boshlarida Fitrat she‟riyat, proza va 
dramaturgiya
sohalarida 
ulkan
muvaffaqiyatlarga 

erishdi.


U
Shekspir 

tragediyalariga xos jihatlarni o„rgandi va ushbu janrning go„zal namunalarini


yaratdi. Yangi o„zbek adabiyotining novatorlik belgilari, avvalo, she‟riyat, proza, 
dramaturgiyaning ifoda usullari va vositalaridagi o„ziga xoslikda ko„rinadi.
Realistik proza shakllandi. Barmoq vazni she‟riyatda yetakchi bo„lib qoldi. 
Shuningdek, davrning tezkor voqeliklarini aks ettiruvchi aruz, sarbast, erkin
vaznning go„zal namunalari yaratildi. An‟ana va novatorlik muammosi o„zbek 
adabiyotshunosligida o„ziga xos talqinlarni topdi. Izzat Sulton, Umarali Normatov,
Sobir Mirvaliyev, Matyoqub Qo„shjonov, Bahodir Sarimsoqov, Homil Yoqubov 
kabi qator adabiyotshunoslar asarlarida bu masala atroflicha yoritildi.
Adabiyotshunoslikka oid eng so„nggi lug‟atlarda adabiy an‟anaga “o„tmish 
adabiyoti to„plagan ijodiy tajribalar qaymog‟i, davrlar o„tishi bilan ahamiyati va
dolzarbligini yo„qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan-avlodga o„tib 
kelayotgan qismi”
10
,- deya ta‟rif beriladi. Demak, adabiy an‟ana doirasiga 

o„tmish adabiyoti erishgan yutuqlar, to„plagan tajribalarning hammasi ham emas,


balki uning muayyan davr ijodkorlari tomonidan dolzarb deb topilgan, boqiy 
qadriyat sifatida baholangan va o„z ijodiy faoliyatlarida namuna deb hisoblagan
qismigina kiradi. Har bir avlod o„tmish adabiyotiga saylab, saralab munosabatda 
bo„ladi, unga faol ijodiy yondashadi, salaflar tajribasini o„z davri qo„ygan badiiy-
estetik vazifalarni bajarishga xizmat qildiradi. Shunga ko„ra, adabiy an‟ana va 
10
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 12-bet 



15


yangilik hamqadamligi qonuniy hodisa bo„lib, bu ikkisi dialektik aloqadagi birlikni
tashkil etadi va adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omiliga aylanadi.
Har bir davr o„zidan oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlarni
o„ziga singdiradi va o„zidan nimadir qo„shishga intiladi, shu asosda taraqqiyot 
jarayonining uzluksizligi ta‟minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, adabiy an‟analarga
sodiqlik milliy adabiyotdagi o„ziga xoslik, milliy qiyofani yo„qotmaslik kafolatidir. 
Tabiiyki, boy adabiy an‟anaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari
boshqalarga nisbatan yuqori bo„ladi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy 
an‟analari XX asr boshlarida kuzatilgan yangi o„zbek adabiyotining shakllanish
jarayoni tez kechishini ta‟minladi.
Adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning
ko„pini ijodiy o„zlashtirib, tadrijiy boyib bordi. Aytaylik, roman G‟arb adabiyotiga 
xos janr ekanligi, uning o„zbek adabiyotida o„zlashishi 20-yillarga to„g‟ri kelishi
ma‟lum. Biroq g‟arbona shakl adabiyotimizni boyitdigina emas, balki adabiy 
an‟analarimiz zaminida uning o„zi ham boyidi – o„zbek romanchiligi dunyoga
keldi. “Milliy romanchiligimizning ilk namunasi bo„lmish “O„tgan kunlar”dan 
boshlab “Otamdan qolgan dalalar”gacha bo„lgan namunalarida ming yilliklar
bilan o„lchanadigan adabiy-madaniy an‟analarimiz izlari bor, shu tufayli ham u 
o„zining qiyofasiga ega “o„zbek romani”dir”.
11

Adabiy an‟ana hamisha novatorlik, adabiy yangilik, adabiy o„ziga xoslik


tushunchalari bilan yonma-yon qo„llanadi. Novatorlik lotincha “novator” 
so„zlaridan olingan bo„lib, yangilovchi, yangilanuvchi demakdir. U adabiy jarayon
bilan bog‟liq kategoriya, adabiy jarayonda an‟ana bilan har vaqt dialektik aloqada 
mavjud bo„lgan hodisa, adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omili, badiiy
tafakkur rivojiga sezilarli ta‟sir o„tkazib, keyinchalik an‟anaga aylanuvchi muhim 
badiiy-estetik yangilik hisoblanadi. Adabiy an‟anaga saylab va tanqidiy
munosabatda bo„lolgan, o„z davrining badiiy-estetik ehtiyojlarini teran his etolgan 
ijodkorgina yangilik yaratishga qobil bo„la oladi. Unutmaslik kerakki, davrning
badiiy-estetik talab-ehtiyojlarini shu davrda qalam tebratgan ijodkorlarning bari 
11
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‟ati. –T.: “Akademnashr”, 2010, 13-bet 



16


ham his etadi, shu ma‟noda, talantli ijodkorlarning hammasiga ham muayyan
darajadagi novatorlik mavjud. Ayni chog‟da, novatorlik xususiyatlari davrning 
yirik san‟atkorlari ijodida mukammal ifodasini topadi.
Adabiy an‟analar asosida takomillashib borayotgan Ulug„bek Hamdam 

ijodining mavzu ko„lami u qadar keng va xilma-xil bo„lmasa-da, unda har qanday


vaziyatda, tuzumda ham insonni har tomonlama aniq tasvirlash tamoyili yetakchi 
o„rin tutadi. Tasavvuf ta‟limotidagi komil insonni emas, aksincha, real hayotda
zamon va makonda yashab kelayotgan, his-tuyg„ulari, dunyoqarashi, ma‟naviy-
ruhiy olamining o„ziga xos tomonlari mavjud bo„lgan inson obrazini yaratish
muallif ijodining bosh konsepsiyasidir. 
Xulosa o„rnida aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyotida adabiy an‟ana va
novatorlik masalasi ko„p asrlik tarixga ega dolzarb muammodir. Bu boradagi 
tadqiqotlar ijodkor uslubi, davr adabiyoti tavsifida juda muhim.
Ijodi tadqiq etilayotgan Ulug„bek Hamdam o„zbek adabiyotida bayon uslubi, 
obraz yaratish mahorati, asar kompozitsiyasi va asar poetikasi yuzasidan adabiy
an‟analarni munosib davom ettirish barobarida bir qator uslubiy yangilanishlarni 
ham amalga oshirdi. Shitob bilan yangilanib borayotgan adabiyotda an‟anaviylik
asosida ham barcha adabiyot ahlini befarq qoldirmaydigan asar yaratish 
mumkinligini qator hikoyalari va romanlari misolida isbotladi.

Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin