41
adoyi tamom bo„lishini ich-ichidan sezib turardi. Yana shuni his qilib borardiki,
endi uning chinakamiga baxtli bo„lishi Dianaga, u bilan bog‟liq munosabatga
bog‟liqdek tuyulardi. Ilgari aqliga hech kelmagan fikr! Nahotki shunday bo„lsa:
insonning saodati boshqa birovga, uning senga bo„lgan tuyg‟ulariga qarab qolgan
esa?...” Bu parchada go„yo Momo Havo Akbar, Shayton Akbarning ko„ngli, man
etilgan olma esa ishq, ya‟ni uning Dianaga bo„lgan sevgisi. Akbarning oilasi bor,
lekin u o„zicha tahlil qiladiki, Dianani uchratmaguncha haqiqiy ishqni bilmagan va
u doim ustozi tabibdan hayotning, insoniylikning asl ma‟nisi nima ekanligini doim
so„rab kelgan va javobsiz savol uni qiynab kelgan. Hayotning ma‟nisi uningcha
shu ishq qiyofasida kirib kelgan. U man etilgan olmadek “yangi muhabbat”ning
jilvalariga qiziqdi. Uning oqibati haqida o„ylamadi. Inson doim g‟ayritabiiy
narsalarga, ayniqsa, man etilgan narsaga qiziqadi. Uni sinab ko„rishga intiladi.
”Isyon va itoat” romanida yozuvchi qahramonlarning ichki dunyosi va ruhiy
holatini ko„rsatib berishga urinadi. Ichki dunyoning tasvirida esa o„ziga xos
usullarni qo„llaydi. Asardagi voqealar xronologik izchillikda kechmaydi.
Voqelik
tasviri mifologik qarashlar bilan parallel olib boriladi. Asar xuddi ikki parallel
syujet liniyasi asosiga qurilgandek. Odam Ato va Momo Havoning qismati,
ularning avlodi bo„lgan bugungi kun insonining hayot yo„li.
Tabib asarda o„ta bosiq, har bitta gapini ming
mulohaza bilan gapiradigan
inson sifatida gavdalanadi. Kim bilan suhbatga kirishmasin yozuvchi uning nutqida
qisqalikka va o„sha qisqalikda juda ko„p informatsiyani berishni ko„zda tutgan.
Aytmoqchi bo„lgan firklar ko„pincha yuz ifodasida, harakatlarida namoyon
bo„ladi. Tabib tuhmat va mug‟ombirlik yo„li bilan qamalib, besh yilda
uyiga qaytib
keladi, lekin xotini unga nisbatan xiyonat qilib, uning yuzini yerga qaratadi.
Xotinidan jahli chiqqan bo`lsa-da, hech qanday janjal ko„tarmay chiqib ketadi.
Ular o„rtasidagi suhbatda ham tabibning tabiatidagi bosiqlik uning qalbida
junbushga kelgan to„fonlarni,
nafratni yengib, ularning yuzaga chiqishiga yo„l
qo„ymaydi: “
U go„yo bu yerda, o„z uyida ortiqcha edi. Mana shuni his qilganda
Dostları ilə paylaş: