Ko„rib qo„ying Agar istasam men ham sizlarga o„xshay olaman, hatto
hammalaringdan o„tib ketaman. Men qalbimda muhabbat bilan yashamoqchi
bo„ldim. Lekin bo„lmadi. Chunki muhabbat halollik va kamsuqumlikni taqozo qildi.
Sizlarning davrangizda halol va kamsuqum bo„lish esa qurol-aslahasiz holda och
yirtqichlar qarshisidan chiqib qolish bilan teng bo„ldi va men qurbonlar berdim:
oilam buzildi, o„glim o„ldi, o„zim hayotimning ma‟nosi bo„lgan kasbimni
yo„qotdim. Nihoyat, pichoq borib suyakka taqaldi va ko„nglimda gurillab
yonayotgan muhabbat olovi so„ndi. Uning o„rnini mudhish muzlik muzlik qopladi.
U o„z nomi bilan dunyoga keldi: Nafrat! Endi men va sizlar o„rtamizdagi tilmoch
mana shu bo„ladi!...”
30
deyishni ich-ichidan istaydi. Ayni paytda, Yusuf nafrat
29
Qo‟chqorova M.”Muvozanat” romanida shartli ramzlar// O‟zbek tili va adabiyoti, 2014-yil. 36-bet
30
Hamdam U. Muvozanat// Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil. 269-b.
32
o„tining butunlay so„nib qolishini ham istamasdi. Uningcha bu olov shafqatsiz
dunyoning mahv etuvchi izg‟irinlaridan kishini bir qadar himoya qiluvchi edi.
Lekin Yusufning bag‟rida qanday paydo bo„lgan bo„lsa, shunday shiddat bilan
erimoqqa boshladi.
Romandagi har bir personaj o„quvchiga yetarli saboq bera oladi.
”Romanning asosiy qahramoni Yusuf timsolida o„tkinchi hayot kemasida omonat
chayqalayotgan odamlarning botinan va oxiran kurash jarayoni aks ettiriladi.
Yusuf o„z-o„zi bilan qattiq kurashadi. Natijada ilmga, halollikka, intilgan Yusuf
mol-dunyo hamda nopoklik yo„lidan ketayotgan Yusufni yengadi. Bu jarayon
osonlikcha ro„y bermaganligi asardagi Mirazim, Said, Amir obrazlarining qiyosiy
talqinida yanada yaqqolroq namoyon bo„ladi,”
31
-deydi adabiyotshunos Yo„ldosh
Solijonov. Yusufning bolaligidan xayollarini o„g‟irlagan afsonaviy tog‟-Ulug‟tog‟
ham ramziy obraz. Ulug‟tog‟ – o„z nomi bilan millatning yuksak orzulari, ideallari,
milliy mustaqil kabi ijtimoiy ramzlar ifodasi. Yusufning ko„zlari qadalgan
Ulug‟tog‟ – uning nekbin kayfiyati ramzi. Bosh qahramon xarakteri, unga
yuklangan g‟oyaviy vazifa – romanning o„q ildizi. Muvozanatni ta‟minlash orzusi
romanning leytmotivini tashkil qiladi”. Yusuf bolalikni eslab, sog‟inib o„rtanadi,
qishloqdagi yaqinlari mehridan taskin topadi. Yusuf fikrda yakdil, u chin dildan
millat mustaqilligini, milliy ozodlikni o„zining shaxsiy oilaviy baxtidan,
xotirjamligidan ham ustun qo„yadi. Shu ma‟noda Yusuf obrazi – millatparvar,
vatanparvar, ko„tarinki ruhiyatga ega inson.
Romandagi tarixchi Muhammadjon aka davri o„tgan odam obrazidir. U
o„zining yolg‟on asosga qurilgan hayotini tushunib yetadi. Shuning uchun ko„zi
ochiq ketadi. Qushlarning qafasdan chiqarib yuborilishida inson erkiga ramziy
ishoralar beradi. Muhammadjon aka o„zi sevgan qushlarini ozodlikka qo„yib
yuborar ekan: “Bu yerda bog‟lar ham qolmadi, tog‟lar ham. Hammasini yakson
qilib, bag‟rini tilib, Paxtazorga aylantirishdi bular!.. Bor, qushim, uch, endi, uch!
Lekin bilib qo`y, oson bo„lmaydi. Oson bo„lmaydi-yu, baribir ozodlikka nima
yetsin. Bor, bora qol, erkin havolarda uch endi, uch, uch, uch!..” deya qushlarga
31
Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko‟zlari. –Toshkent, 140-141 betlar
33
murojaat
qiladi.
Qahramonning
mazkur
monologida
chuqur
ijtimoiy,
umuminsoniy, ayni paytda milliy dard bor. Qushlarning ozodlikka qo„yilishi
ramziy ma‟noda o„zbek xalqining rus mafkurasi tushovlaridan qutulishidir. Paxta
plantatsiyasiga aylantirilgan mamlakat , bog‟i ham, tog‟i ham vayron etilgan yurt
bu – O„zbekiston edi. “Muhammadjon aka Yusufning umr yo„lini, e‟tiqod-a‟molini
qat‟iy belgilab olishga yordam bergan, o„z shaxsiy yo„lini topishga shamchiroq
bo„lgan odam obrazidir,”
32
-deydi M. Qo„chqorova o„z maqolasida.
Asardagi eng yirik, ta‟sirchan obraz – Amir o„zbek adabiyotida yangi obraz.
Asar an‟anaviylik tamoyilari asosida yaratilgan bo„lsa-da, Amir obrazlar tizimida
yozuvchining novatorona yondashuvidan darak beradi. Amir obrazi atrofida
ko„plab munozarali fikrlar bildirilgan. Ularni o„rgangan holda va o„z qarashlarimiz
asosida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin. Amir obrazi asardagi eng xarakterli
timsol. U mavjud o„tmish davrining xos kishisidir. Dinga erkinlik berilgach, uning
mezonu muvozanatini saqlay olmagan Amir bilan bog„liq ba‟zi epizodlar
Mashrabning qarashlarini eslatadi. Amir ruhi va tani sog‟ bo„lishiga qaramasdan,
jinnixonaga tashlanadi. Amir sog‟lom bo„la turib, o„zini jinnilikka solishga majbur
bo„ladi. Jinnilar qo„lida pati yulib tashlangan musicha qiyofasida ramziy ma‟noda
u o„zini ko„radi. Yozuvchi jinnixonadagi bemorlar aslida davlat va jamiyatni aldab,
ko„z bo„yamachilik qilib, bu yerda o„zlarining jinoyatlarini yengillatish uchun
yotganlarni ham tanqid ostiga oladi. Yusuf akasi bilan bo„lgan suhbatda uni bu
yo„ldan qaytarishga, tushuntirishga, dinga haddan ortiq mukkadan ketish, berilish
tasavvufga olib borishini, bu yo„lda hatto ustozi yo„qligini aytadi. Har narsada
bo„lganidek dinda ham me‟yor bor.
Amir o„zi yashayotgan hayotda o„z orzulariga erisha olmagach,
qondirilmagan mayllar – o„z orzusidagi hayot, erishilmagan muhabbat – uning
keyingi qismatida o„z izini qoldirdi.
Amir obrazi bilan bog„liq tasvirlarni kitobxon ruhiy qiynoqlar va tizginsiz
savollarsiz befarq o„qiy olmaydi. Bir tomondan uning xatti-harakatlari, o„y-fikrlari
to„g„ridek, ammo masalaning ikkinchi tomoni ham borki, u inson taqdiri bilan
32
Qo‟chqorova M. “Muvozanat” romanida shartli ramzlar//O‟zbek tili va adabiyoti. 2014, 4-son 38-bet.
34
bog„liq masaladir. Eng muhimi, Amir o„z ong-shuuri bilan din va jamiyat, hayot
haqidagi qarashlarini muvozanatlashtira olmadi, og„ib ketdi.
Asarda Manzura o„z qarashlari, hayotiy munosabatlari bilan ajralib turadi.
Manzura diplomatiya universitetida o„zbek tilidan dars beradi, fan nomzodi.
“Universitetda obro„yi ham joyida, hamma uchun u – Manzura Sodiqovna. U
ishida shunchalik mavqega egaligiga, hurmatga egaligiga qaramay, uning asosiy
maqsadi eri – Said. O„z ishiga vaqti va qobiliyatining bir qismini sarflasa, oilasi –
bolalariyu erining huzur halovati uchun to„qqiz qismini bag‟ishlaydi
33
.
Aslida Manzura oilada o„z hukmini o„tkazadigan ayollardan emasdek
tuyuladi. U erini hurmat qiladi. Lekin u tabiatan qaynoq fe‟lli, tezfikr, o„ylab
mulohaza yuritadiganlardan. Bunday holatni u Saidning ishdan haydalgandagi
voqeadan so„ng qilgan harakatlaridan ko„rish mumkin. Agar eri qamaladigan
bo„lsa, to„plagan bor mol-mulki musodara qilinishini bilib, mast holatda turgan
Saidga imzo qo„ydirib oladi. U bu ishlar haqida Saidga ertasi kuni hushiga kelgan
paytda izoh beradi.
Manzura zohiran oilada risoladagidek ayol. Mehribon ona, ajoyib rafiqa,
jamiyatda o„z o„rniga ega mutaxassis. Biroq botinan oilada Saidni boshqarish
prinsipi asosida yashaydi. Barcha masala uning “donoligi, tadbirkorligi” asosida
hal bo„ladi. Qaltis vaziyatlarda ham makkorona aql bilan ko„radiki, bunda erining
fikri va ishtiroki ham muhim emas.
Akademik M.Qo„shjonov kitobga yozgan so„zboshisida muallifning maqsadi
roman chop qildirib, ko„zga tashlanish emasligni, uning hayot haqida, unda yuz
berayotgan keskin burilishlar to„g„risida, o„ta ziddiyatli vaziyatlar xususida chuqur
o„ylashini aytgan edi.
Bu xususida professor D.Quronov – muallif iloji qolmagan, yozilmasa
bo„lmaydigan holat yuzaga kelganida dilidagini qog„ozga to„kkan, - deya fikr
bildiradi. Munaqqid bosh qahramonga o„zini hammaslak bilib, uning qalbidan
kechayotgan keskin burilishlar holati, orzu-umidlari sarob bo„lishi, hayot to„lqiniga
qarshilik qila olmay goh u, goh bu qoyalarga urilib surinishlarini, muhit
33
Hamdam U. Muvozanat. –T., ”Sharq” 2007.109-bet.
35
“tuhfalari” evaziga ko„rayotgan moddiy turmush qiyinchiliklari natijasida oxiri
sohasini o„zgartirib yangi bir faoliyat boshlash xususida jiddiy to„xtamga kelishi,
umuman olganda, muvozanat yo„qotib qo„yilgan holatni his etganini aytadi. Shu
bois – “Ulug„bek ko„pchiligimiz, ayniqsa, qirq yosh chegarasidagi avlod ruhiyatiga
ko„zgu tutgandek bo„ldi”, - deb yozgandir, ehtimol. Bu haqida mualllifning o„zi
suhbatlarning birida shunday izoh beradi:
“Aslida, asar muallifning yoshi hali o„ttizga ham to„lmay yozilgan – 29 da.
Lekin qahramonlarning yoshi biroz kattaroq – 35-40 o„rtasida. Bugun mening
o„zim ham ana shu yoshga – qirqqa kirdim. “Xo„sh, nega qahramonimning yoshini
qariyb o„n yilga katta qilib ko„rsatdim?” degan savolni men o„zimga ko„p
berganman. Chunki asar yozilayotgan paytda hali 30 ga ham to„lmagan kishilar
“Muvozanat”dagi yukni ko„tara olmaydi deb o„ylaganman. Qarasam, mening
tengdoshlarimning o„y-xayollari boshqa narsalar bilan bandga o„xshaydi. Romanda
aks etgan dardli g„oyalar bilan esa taxminan 40 yosh chegarasidagi avlod
qiziqayotgandek ko„rindi. Shu ma‟noda Dilmurod Quronov haqli”
34
Asarda chigal taqdirlar qismati muvozanat mezonida tasvirlanadi. Ularning
umumiy jihati yuraklardagi tenglik mezoni buzilganida edi. Asar qahramonlarining
biri ziyoli, ilm olish, o„z bilimini kimgadir ulashish, yangilik yaratish xayoli bilan
yashaydi: ikkinchisi pul, mol-dunyo, boylik yig„ishga yo„l izlagan: uchinchisi,
mansabga ega bo‟lish, katta amal kursisiga o„tirish, odamlarni boshqarish orzusida
yongan shaxslar. Asarda ma‟lum muddat amaldorning ishi yurishadi. Lekin u
o„tirgan kursi sinadi. Tadbirkorning esa tashqi tomondan to„q, baxtli ko„ringan
oilasi aslida ichidan yemirilgan edi. Ziyoli bo„lishiga qaramay, to„liq baxtga
erisholmagan qahramon muhit zarbiga dosh berolmaydi. Demak, boshda do„st
bo„lgan romandagi uch qahramon, ma‟lum davr sinovida nimadir yo„qotdi.
Obrazlarning taqdiri shu yerda to„liq hal etilmaydi. Bu kitobxonni chuqur
mulohaza qilishga chorlaydi. Chunki bunday his-tuyg„ular siz-u bizning
qalbimizdan o„tishi tabiiydir. Demak, biz tahlil etishga urinayotgan masalaga
34
Ali U. Adabiyot – sehrli olam// Ko„ngilga sayr. –Toshkent., 2009-yil. 181-bet.
36
binoan, yozuchining romaniga xos xususiyat bo„lgan qahramonlar taqdirini tugal
Dostları ilə paylaş: |