Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə12/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

hal etmaslik Ulug„bek Hamdam uslubiga xos xususiyat deyishimiz mumkin.
“Muvozanat” romani kompozitsiyasida uch do„st - Yusuf, Mirazim, Said 

taqdiri yetakchi o„rin tutadi, deya ta‟kidlaydi M.Qo„chqorova o„z maqolasida,


ba‟zi tadqiqotchilar esa to„rtovlon - Yusuf, Mirazim, Said, Amir qismatidagi 
muvozanat masalasi birlashtirib turishini ta‟kidlaydi. Bizning fikrimizcha, asar
kompozitsiyasida to„rt inson hayot yo„lidagi muvozanat masalasi yetakchi o„rin 
tutadi. Biroq ular Yusuf, Amir, Zahro va Manzura obrazlaridir. Asardagi Said va
Mirazim obrazlari Manzura va Zahroning soyasida qolib ketgan. Asarda 
ayolarning xarakter rivoji yaqqolroq namoyon bo„ladi. Bu bilan bog„liq epizodlar
asarda alohida o„rin tutadi.
Yusufning qismatida ma‟naviyat va moddiyat o„rtasidagi muvozanatning
darz ketishi, Amirning taqdirida din va dunyoviylik muvozanatining buzilishi
Zahroning qismatida erk va sadoqat muvozanati, Manzuraning hayot yo„lida
boshqaruv va adolat tamoyillardagi og„ishlar tasvirlanadi. Yusuf kuchli shaxs 
bo„lganligi bois katta yo„qotishlar, ruhiy iztiroblar iskanjasida ham o„z
muvozanatini saqlay bildi va hayot yo„lini izga solib oldi. 
Amir – yangi davrning o„zgacha odami. U davrning shiddatli oqimida o„zini
o„nglay bilmagan fojiali taqdir sohibi. Amir dinda chuqur ketib, me‟yor degan 
mezon ham borligini unutdi. U diniy qarashlarga bosh egishda muhit, davr va
uning ezgulik, insoniyat uchun qay darajada muhimlik mezonlarini anglay bilmadi. 
Boshqacha aytganda u ko„r-ko„rona qabul qiluvchiga aylanib qoldiki, natijada o„z
to„riga o„ralgan o„rgimchak singari bu girdobdan chiqib keta olmadi. Girdob uning 
ruhiyatni, Gulshodaning hayotini o„z domiga tortib ketdi.
Zahro o„qimishli ayol bo„lsa-da, uyda tutqun yashashga mahkum edi. Unda 
barcha narsa bor, biroq erk yo„q edi, unga, oilaga egalik tushunchasini Mirazim
boshqacha anglar, Zahro boshqacha tushunar edi. Natijada Zahro sadoqat degan 
muqaddas tushunchadan, xiyonat ko„chasiga bo„yladi. Bu esa unga bir umrlik
vijdon azobini berdi.



37


Xulosa qilib atyganda, romanda yangi davr ostonasida turgan insonning
qalbidagi mezonni ijtimoiy tuzum, davr va makon o„zgarishlari oqibatida ma‟lum 
darajada buzilishi, saqlab turilgan muvozanatning qalqib ketishi keng ko„lamda
yoritilgan.
Har bir bob asar markaziga olingan to„rtovlondan birining hayotidagi 

muvozanatning buzilish sabablarini ochishga bag‟ishlanadi. Shu sababli ulardan


birontasini ham almashtirib yoki qisqartirib bo„lmaydi.
Yozuvchi
ana

shunday
murakkab 


xarakterli
insonlar 
taqdirini
MUVOZANAT mezonida tasvirlaydiki, undagi og„ishlar oqibati, xulosa kitobxon 
ixtiyoriga havola etiladi. Asardagi barcha taqdirlar muvozanat tushunchasi bilan
bog„langan. Bu yozuvchi ijodining xos tomonidir.
“Muvozanat” asari an‟anaviy usulda yaratilgan bo„lsa-da, muallifning
novatorona yondashuvlaridan holi emas. U mavzu ko„lami va g„oya talqinida
bayon uslubida, obraz yaratish mahoratida ham qator yangilanishlarga ega.
Ayniqsa, g„oyalar talqinida interpretatsiya usulidan samarali foydalanilgan. Bu 
asarga haqqoniylik va polifoniklik xususiyatini bag„ishlagan.



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin