Tuychiyeva Ravshanoy Quchqarxojayevna



Yüklə 248,35 Kb.
səhifə10/30
tarix13.12.2023
ölçüsü248,35 Kb.
#174439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Ulug’bek Hamdam romanchilik mahorati-hozir.org

edi, bugun-ishdan ketib, uyda o„z qismati bilan o„zi yolg„iz qolganda qanday? 

Kecha uning yuzlaridan, gap-so„ziyu butun harakatlaridan kuch yog„ilardi. O„zini 

juda azim va arzigulik maqsadga bag„ishlagani hamda o„sha yo„lda dadil qadam 
22
Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko„zlari. Toshkent.:2009-yil. 138-bet. 

23
Qo„chqorova M. “Muvozanat” romanida shartli ramzlar// O„zbek tili va adabiyoti, 2014-yil, 4-son. 35-bet 





29


bosayotgani sezilib turardi. Erishgan muvaffaqiyatlari shu qadar zo„r ediki, esiga 

bir paytlardagi qadrdon do„sti Yusuf ham kelmasdi. Bugunchi? Bugun u 

hammasidan mosuvo etildi va ilgarigi g„ayratidan, ko„zida chaqnab turgan 

olovdan asar ham qolmadi: cho„kdi-ketdi. Demakki, u o„zini tutib turgan maqsadu 

manfaatidan, ko„pchilik bilan bir deb his qilish yuksakligidan judo bo„lib, ijtimoiy-

ma‟naviy jihatdan yakkalanib qoldi”

24


Yusufning ikkinchi do„sti Mirazimning holati shunday tasvirlanadi:
“Mirazim-chi? Bolalikning barcha havaslari ro„yobga chiqib, yuragi huvillab
qolgan Mirazim! Orzularining birontasiga ham yetolmagan Amir bu yoqda aqldan 
judo bo„lsa, u yonda barcha niyatlari amalga oshgan Mirazim o„zini boshi-keti
yo„q sahroga chiqib qolgandek his etmadimi? Etdi. Xo„sh, nega? Axir Mirazim 
hamma orzusiga erishdi-ku! Chunki har ikki holda ham inson yakkalanib
qolmadimi?...”
25

Xuddi shunday savollarga javob berish maqsadida muallif Yusuf tilidan 


davrni ochib berishga mavaffaq bo„ladi:

Yusuf nazarida, ana shunday yolg„izlikka giriftor bo„lganlar oz emasdi. Ha-

ha, xuddi shunday, sobiq Ittifoq davrida davlat otalik vazifasini o„tagan va 

birovning himoyasiga kirib taskin topishga ruhan moyil olomonga shu bas edi. U 

o„z kiftida qudratli davlatning “mehribon” qo„lini his qilib, shundan kifoyalanib, 

rohatlanib yashardi. Endi-chi? Endi tubdan o„zgargan siyosiy-ijtimoiy hayot 

boshqa talablar bilan chiqmoqda. Endi bunaqa homiy-anqoning urug„i. Davlat 

o„z fuqarolariga erkinlik berdi. Fuqaro esa birdaniga buni ko„tarolmay, o„zini 

yetim qilingan jo„jaday sezdi va ba‟zi hollarda davlatga xo„mrayib qaradi. 

Ayrimlar yo„lini topmoqchi bo„lib kim puldan homiy izlasa, kimi dindan, 

mansabdan, g„amdan, alamzadaligu nafratdan o„ziga panoh qidirdi. Xullas, 

hamma ilojini topib o„z mushkulini hal qilmoqchi bo„ldi... 

Nihoyat, endigi o„zgarishlar, yuqoriyu quyidagi kayfiyat... bo„lajak ezgu 

yurishning dastlabki shonli odimlaridek tuyulardi Yusufga”

26


24
Hamdam U.Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil.262-263 betlar. 

25
Hamdam U. Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil. 263-bet 


26
Hamdam U. Muvozanat // Vatan haqida qo„shiq. –Toshkent., Akademnashr, 2014-yil. 263-264 betlar 



30


Shunday qilib, yuqoridagi misollardan ko„rinadiki, yozuvchi davr va
qahramon masalasiga ham yangicha o„ziga xos yondashadi. Aytish mumkinki, 
davr konsepsiyasini anglaydi. Bu borada professor D.Quronov shunday deydi:
“Muvozanat” yaqin o„tmishimiz – odatlanilgan turmush tarzidagi turli o„zgarishlar 
ruhiyatimizda keskin burilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik
holatini qalamga oldi”
27

Yozuvchi insonni Yaratgan qarshisida muvaqqat va ojiz deb biladi, inson 


haddini bilmog‟i kerak deb hisoblaydi. Asarning yetakchi qahramonlari inson


hayotining mazmuni haqida, o„zlariga belgilangan had doirasida Yaratgan 
qarshisida ojiz qolgani holda insonlik burchini uddalash haqida o„ylaydilar.
Yozuvchi romanda hikoyachi vazifasini bajarganda, personajlarning ichki 
kechinmalarini o„z ko„nglidan o„tkazib, mohirlik bilan tasvirlanganki, o„qigan
kitobxon bu parchalardagi personajlarni ularning his-tuyg‟u va kechinmalarini 
go„yo o„ziniki deb o„ylaydi. Asarga afsonaning kiritilishi voqealar bilan bir-biriga
jo„r bo„lib, bir-birini sharhlab borganday taassurot qoldiradi va romanning asosiy 
g‟oyasini ochishga yordamlashgan. Yozuvchi mahorati tufayli kitobxon ko„z
o„ngida barcha hodisalar rosmana sodir bo„ladi. 
“Muvozanat” romanidagi har bir obrazning o„z o„rni, o„z taqdiri, o„z “men”i
bor. Muhimi, unda “o„yindan tashqari” holatda turgan personajni uchratmaysiz”
28
-

deya ta‟kidlaydi M.Qo„chqorova.


Yusuf asarning boshidan to oxiriga qadar bir narsa uchun - oliy qadriyat


uchun kurashdi. “U hayotda, atrofida nimalar yuz bergan va berishi mumkin 
bo„lgan bo„lmasin, baribir, insonni tutib turgan oliy qadriyat – Muvozanatdan,
unga erishish mashaqqatidan yuz o„girmadi. Ammo bu shunchaki muvozanat emas 
edi. Ushbu muvozanatning bir ildizi insonning o„zidan boshlanib, ikkinchisi
muhaqqaq ravishda u yashayotgan jamiyatning bag‟ridan suv ichadi. Bas, shunday 
ekan, istiqlol va yurt obodligi masalasi Yusuf nazarda tutgan va o„zi romanning
27
Quronov D. Mutolaa va idrok mashqlari// Adabiy jarayonda “Mom sindromi” –Toshkent., Akademnashr,

2013. 223-bet.


28
Qo‟chqorova M. ”Muvozanat”romanida shartli ramzlar// O‟zbek tili va adabiyoti, 2014, 36-bet 



31


boshidan oxirigacha intilgan ulug‟ Muvozanatning ajralmas halqalaridir”
29

,-deya
ta‟kidlaydi Marhabo Qo„chqorova. 


Asarda ruh va jismning o„zaro muvozanatlashuvi qahramonlar xarakteri
orqali yuzaga chiqadi. Voqealar mobaynida ular o„zlarining ko„ngil muvozanatini 
jism muvozanatiga qanchalik mos tushish, ularni kelishtirgunlarigacha qancha
qiynalganliklariga shohid bo„ladilar. Qachonki me‟yor o„z darajasida bo„lsagina 
muvozanat saqlanib qolishi mumkin. Buni asarning deyarli barcha qahramonlarida
kuzatish mumkin. Yusuf oliygohda bir maqsad bilan o„qidi, undan so„ng oliygohda 
ishladi. U faqat halol yo„ldan bordi. Oilasini oylik maoshi bilan boqdi. Lekin
shaharda bugina pul bilan kun ko„rish qiyin edi. Turmush qiyinchiligi tobora o„z 
ta‟sirini ko„rsatdi. Ijarama ijara ko„chib yurish, moddiy qiyinchilik uning Oygul
bilan munosabatlari keskin tus olishiga sabab bo„ldi. Oila qanchalik oqibatli, ittifoq 
bo„lmasin moddiy qiyinchilik baribir o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Orada muvozanat
susayadi. U o„g‟lidan ayrilayotganida muvozanatni yo„qotadi. Jismi muvozanatni 
emas, botinidagi muvozanatni. Shu choqqacha uni har qanday sinovlardan eson-
omon va eng muhimi, insonlik sha‟niga munosib tarzda olib chiqayotgan, so„ng 
navbatdagi damlar uchun yo„llayotgan qudratini boy bergandek sezadi o„zini.
Bora-bora o„z ruhida o„zgarishlar ro„y beradi. U odamlarga “Mana-men! 



Yüklə 248,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin