Tuzilishi. Reja: 1


HASHAROTLAR (INSECTA) SINFI



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/8
tarix27.02.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#85835
1   2   3   4   5   6   7   8
Tuzilishi. Reja 1

HASHAROTLAR (INSECTA) SINFI
Boshining tuzilislii. Hаshаrotlаrning o’zigа xos xususiyati shuki, ulаr tаnаsi uch bo’limgа yoki stеgmа-bosh,-cepholon, ko’krаk-thorax vа qorin-abdomengа аjrаlgаn. Hаshаrotlаr gаvdаsi ko’p dеgаndа 19 tа sеgmеntdаn tuzilgаn bo’lаdi. (1- rasm). Boshi akron va 4 bo'g'imdan, ko'kragi 3 bo'g'imdan, qorin bo'lnni 6-11 bo'g'im va telsondan iborat.
1-rasm. Qora suvarak erkagi (A) va urg'ochisi (B)ning tashqi tuzilishi. 1- mo'ylov. 2 - jag' paypaslagichlar, 3 - oldingi ko'krak bo'g'imi, 4 - ustqanot, 5 - son, 6 - boldir, 7 - panja, 8 - qorinning o’ninchi bo'g'imi, 9 - serkilar, 10 - bosh, 11 - o'rta ko'krak bo'g'imi, 12 - orqa ko'krak bo'g'imi.

Bosh qismining bo'g'imlari birga qo'shilib ketgan bo'lib, umumiy xitin kutikula bilan qoplangan. Boshi harakatchan, ko'krakdan ingichka bo’yin orqali aniq ajralib turadi. Boshining oldingi uchi ostki tomonida og'zi joylashgan (2-rasm).



2-rasm. Hasharotlar boshining oldingi (A) va yon (В) tomondan ko'rinishi.
1- bosh kapsulasi, 2 - oddiy ko'zlar, 3 - fasetkali ko'zlar, 4- antenna, 5 - mandibula, 6 - yuqori jag,7 - mo'ylovlar birikadigan joy, 8- pastki lab, 9 - pastki jag'.
Boshining ikki yonidabirjuft murakkab ko'zlari, ularning o'rtasida ba'zan bir necha mayda oddiy ko'zchalar yakka-yakka bo'lib joylashgan. Boshida 4 juft o'simtalari bo'ladi. Ulardan birinchisi antennalar, ya'ni mo'ylovlar akron bilan bog'liq. Mo'ylovlar xilma-xil tuz ilgan, shakligako'raqilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon, tizzasimon, to'g'nog'ichsimon bo'ladi (3-rasm).

3-rasm.Hasharotlar mo'ylovi xillari.
1- qilsimon, 2- ipsimon, 3, 4 - arrasimon, 5 - taroqsimon, 6 - to'g'nog'ichsimon,
7- cho'qmorsimon, 8- duksimon, 9- plasfinka-to'g'nog'ichsimon, 10-taroq tizzasimon, 11 - noto'g'ri, 12 - patsimon, 13 -qildor.
Birinchi tana bo'g'imi (interkalyar bo'g'im) hasharotlarda to'liq reduksiyaga uchragan. Qolgan uch juft o'simtalar esa 2, 3, 4-tana bo'g'imlariga tegishli. Bu o'simtalai og'iz teshigi atrofida joylashib, og'iz apparatini hosil qiladi.
Hasharotlarning og'iz organlari oziq xili va oziqlanish usuliga muvofiq har xi! tuzilgan. Ko'pincha hasharotlar lichinkasi va voyaga yetgan davrida turlicha oziqlanganligi sababli ularning og'iz organlari ham har xil tuzilgan bo'lishi mumkin (4-rasm).
Og'iz organlarining kemiruvchi, kemiruvchi so'ruvchi, so'ruvchi, sanchib so'ruvchi, yalovchi va boshqa xillari mavjud. Og'iz organlarining tuzilishi va ishlashi o'rtasida umumiy o'xshashlik bor. Shuning uchun og'iz organlarining barcha ma'lum xillari sodda tuzilgan yagona og'iz organidan kelib chiqqan deyish mumkin. O'z navbatida bunday sodda tuzilgan og'iz organi ham bo'g'imoyoqlilarning odatdagi tana bo'g'imlari o'simtalaridan hosil bo'lgan.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin