Talaba TIJda mustaqil tajribalar olib borgan va olingan natijalarni alohida qayd etgan, statistik ishlovdan o‘tkazgan va ushbu tadqiqot ishi bo‘yicha mustaqil, aniq, mantiqiy asoslangan savodli xulosalar chiqargan. Talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘plagan, tahlil qilgan, tizimlashtirgan. Tayyorlagan maqola, tezis yoki ma’ruzasi talabaning tajribada olgan ilmiy natijalari va adabiyot ma’lumotlari taxliliga asoslangan.
91-95
A’lo «5»
Mavzu bo‘yicha talabaning javobi to‘liq, dastur doirasida, mantiqan asoslangan, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to‘liq o‘zlashtirgan va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mashg‘ulotda berilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajaradi. Vaziyatli masalalarga aniq javob beradi, asoslaydi. Mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o‘z fikrini himoya qila biladi. Interaktiv o‘yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.
Amaliy ko‘nikmalarni laboratoriya ishlarini to‘liq egallagan, mavzuga oid bakteriolgik preparatlarni o‘rganishda olgan nazariy bilimlarini qo‘llaydi, preparatlar tayyorlashni bosqichma-bosqich to‘g‘ri amalga oshiradi, preparatdagi struktura elementlarini to‘g‘ri ko‘rsatadi, asoslaydi va tushunib chizadi.
Mustaqil ish shakli: mavzuni mustaqil o‘zlashtirish, referat, ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.