Birinchidan, ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo'lmagan aholini ish bilan ta'minladi, ishsizlikning kuchayishini oldi olindi.
Ikkinchidan, aholining real daromadlari oshdi, shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirayotgan mehnatkashlar mehnat daftarchalari olish va qariganda nafaqa olib ijtimoiy kafolatlanish huquqiga ega bo'ldilar.
Uchinchidan,aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdek keskin muammoga barham berildi.
To'rtinchidan, qishloq mehnatkashlarini uy-joy bilan ta'minlashdek sotsial muhim masala ham o'z yechimini topdi.
Beshinchidan, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat bir qadar barqarorlashdi va yaxshilandi. O'zbekistonning yangi rahbari Islom Karimov «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» bahonasi bilan tahqirlangan o'zbek millatining g'ururini tiklashni, yurt va elni haqiqiy mustaqillikka olib chiqishni o'zining asosiy vazifasi etib belgilaydi.
ADABIYOTLAR: 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. – Тошкент: Maънавият, 2017.
O`zbekiston tarixi. 2-3-kitob. Mustaqil O`zbekiston tarixi.T.Sharq. 2011.