2. Iqtisodiyotning agrar sektoridagi o‟zgarishlar. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o'zgarishlarni alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o'tkazishning bir necha o'ziga xos omillari bor.
Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo'jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamasdan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo'lmaydi, mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil qiluvchi qishloq mehnatkashlari turmushini yanada to'kinroq qilish vazifasini bajarib bo'lmasdi. Ayni chog'da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining salmog'i yuqori edi.
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat re-surslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.
O'zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi о'mini yuksak baholab, uni yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida shunday degan edi:
«Men bir haqiqatni aytib charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir». Shu bois avvalo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo'ldi. 1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi.
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug'oriladigan yerlardagi g'allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo'lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko'payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.
Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning narxi 3-8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi.
Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga va qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi.
Mazkur muammolarni qonun yo'li bilan hal qilishni ko'zda tu-tuvchi yangi hujjatlar qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo'jaligining joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi.
Dehqon xo'jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, boshqa to'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar.
Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishning puxta o'ylab olib borilishi MDH barcha mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik imkonini berdi.
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir qator muammolar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsada, amaliy hayotda esa bu masalalar o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi.
1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi.
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 19921995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan.
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.
Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 19911995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 kilometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi.
Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi.
2007-yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo'jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat. O'rtacha olganda har bir fermer xo'jaligiga o'rtacha 30 gektar yer to'g'ri kelmoqda. Ayni paytda qishloq xo'jaligi sohasiga 1 mln. dan ortiq odam ishga jalb qilingan. Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ularni iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo'jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o'g'it va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo'llash kabi ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi va o'z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo'ldi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2006-yilda bu ko'rsatkich 86 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlar yetishtirish bo'yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2006-yil 75 foizdan iborat bo'ldi.
Birgina 2006-yilning o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash lozim.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo'jalik muno-sabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda.
Davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan ana shunday e'tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo'jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g'alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.