Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə97/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
download-edfiles-16241

DAVLAT BOSHQARUVI –davlat organlarining tashkillashtiruvchi, ijro etuvchi va farmoyish beruvchi faoliyati bo‘lib, qonun asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyatni davlat boshqaruv organlari amalga oshirib, ijro etish jarayonida qonunlarning va unga asoslangan hujjatlarning bajarilishini ta‘minlash uchun farmoyish berish huquqiga ega bo‘ladi.
DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI – davlat tomonidan boshqaruv sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Davlat o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida hamda vazifa va funktsiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash keng tarqalgan ma‘muriy usullardir.
DAVLAT BOSHLIG‟I – (inglizcha ―head of the state‖) -oliy davlat lavozimi bo‘lib, u ijro hokimiyati soxibi va tashqi munosabatlar sohasida davlatning oliy vakili hisoblanadigan shaxs. Monarxiyalarda ––Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya,Ispaniya, Yaponiyada – d.b. monarx (korol, imperator, emir) bo‘lib,uning hokimiyati qoidaga ko‘ra, hukmron shajara vakilidan keyingisiga qonunga binoan meros tariqasida o‘tkaziladi. Respublikalarda (Italiya, Frantsiya, GFR, AQSh,
Lotin Amerikasi davlatlari va b.) d.b. prezident bo‘lib, u yoki bevosita aholi tomonidan saylanadi
(Meksika, panama, Kolumbiya), yoki bilvosita (AQSh, Argentina), yoxud ko‘p bosqichli saylovlar(Italiya, GFR, Hindiston) natijasida saylanadi. Ko‘pchilik davlatlarda individual davlat rahbari mavjud, prezidentlik respublikalarida davlat rahbari ayni paytda hukumat rahbari ham hisoblanadi.(AQSh, Meksika, Argentina, Afrikaning ayrim davlatlarida).
DAVLAT QO‟MITALARI – (O‘zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun mas‘ul hisoblanadi. ―O‘zR Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida‖gi Qonuni (1993 y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari D.q. ning huquqiy holatini belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI – davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta‘minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to‘plangan, ammo keyingi o‘n yillikda ko‘pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan, ombudsman, hisob palatasi), ma’muriy yustitsiya organlarining soni va roli o‘sdi.
DAVLAT ORGANI – davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat oldida turgan vazifa va funktsiyalarning muayyan konkret qismini, yo‘nalishini amalga oshiradi va shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetentsiyaga ega bo‘ladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin