Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə99/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125
download-edfiles-16241

KO‟PPARTIYAVIYLIK – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy printsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni ancha umumiyroq bo‘lgan printsipining ifodasi hisoblanadi. K. P. printsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o‘z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
QONUN – davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki bevosita xalqning xohish - irodasiga ko‘ra (masalan, referendum o‘tkazish yo‘li bilan) qabul qilingan va qoida tariqasida, eng muxim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat.
QONUN LOYIHASI – qonun chiqaruvchi organga qabul qilish uchun taklif qilinayotgan yoki referendumda ko‘rishga kiritish uchun tayyorlangan qonunning matni.
QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT – bu Konstitutsiyada mustahkamlangan oliy davlat vakillik idorasining qonunlar qabul qilish, ularni o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha alohida vakolatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi xalqning (jamiyatning) irodasini qonun shaklida ifoda etishdir.
QONUNIYLIK – bu jamiyatdagi barcha huquq sub‘ektlari tomonidan qonun va qonun osti hujjatlariga to‘la rioya qilinishidir.
QONUNNI E‟LON QILISH – qonunni ma‘lum nashrda bosib chiqarish yo‘li bilan hammaga ma‘lum qilish. Qonunni e‘lon qilishning rasmiy va norasmiy turlari farqlanadi. ini oshirishda katta ahamiyatga ega.
LIZING - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob‘ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
MAHALLIY O‟ZINI O‟ZI BOSHQARISH – mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni aholining manfaatlari, uning tarixiy, ijtimoiy-etnik va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, shu davlat konstitutsiyasi va qonunlari asosida mustaqil (mas‘uliyatni zimmasiga olib) hal qilish uchun fuqarolar faoliyatini tashkil etish tizimi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni aholi hokimiyat vakillik organlari (munitsipal majlis, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar), muvofiq keluvchi boshqaruv organlari, mahalliy referendumlar, fuqarolar kengashlari, bevosita demokratiyaning boshqa hududiy shakllari, shuningdek, aholining hududiy ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali amalga oshiradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin