Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə96/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
download-edfiles-16241

3.GLOSSARIY


AKTSIYADORLIK JAMIYATI - ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subekt.
BANKLAR - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; to‘lovlarni amalga oshirish.
BOSHQARUV SHAKLI - bu huquqiy institut bo‘lib, davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Oliy va maxalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o‘zaro munosabatlari tartibini o‘z ichiga oladi.
VAZIR (arab. yuk ko‘taruvchi) – o‘rta asrlarda O‘rta va Yaqin Sharq davlatlarida, shu jumladan,
O‘rta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshlig‘i. Yuqori mansabdor shaxs. V. hukumat a‘zosi hamda ma‘lum bir vazirlikni boshqaruvchi yuqori mansabdor shaxsdir.
VAZIRLAR MAHKAMASI – Isroil, Latviya, Yaponiya, Shri-Lanka, Qozog‘iston,
Turkmanistonda va qator boshqa mamlakatlarda hukumatning rasmiy nomi. O‘zbekiston Respublikasida hukumat ―Vazirlar Mahkamasi‖ deb nomlangan bo‘lib, ―O‘zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida‖gi Qonunga binoan, u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
VAZIRLIK – ko‘pchilik davlatlarda davlatning markaziy idora organi, ijtimoiy-madaniy qurilish va ma‘muriy-siyosiy faoliyatning ayrim tarmoqlarini boshqaradi. Yangi Vazirliklar tuzish, mavjudlarini tugatish, ularning rahbarlarini tayinlash O‘zbekistonda Prezident vakolatiga kiradi va davlatning oliy vakillik organi – Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
VALYUTA - chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
VETO (lot. Veto - taqiqlayman) - hozirgi zamon davlatlarida qandaydir bir organning qarorini to‘xtatib qo‘yadigan yoki kuchga kirishga yo‘l qo‘ymaydigan harakat. Davlat boshlig‘iga parlament qabul qilgan qonunlarga Veto qo‘yish (qarorlarni taqiqlash) huquqining berilishi alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Vetoning mutlaq (yoki rezolotiv), bunda davlat boshlig‘i parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil qaytarish huquqiga ega bo‘ladi va nisbatan (kechiktiradigan yoki suspensiv) turlari farqlanadi.
DAVLAT APPARATI ( inglizcha mashinery of government so‘zi) – davlat organlari tizimi bo‘lib, ular faoliyati orqali davlat hokimiyati va uning funktsiyalari amalga oshiriladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin