Tuzuvchilar: katta o‘qituvchi Sh. Mamatov


OCHIQ AKTSIYADORLIK JAMIYATI -



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə101/125
tarix24.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#101924
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
download-edfiles-16241

OCHIQ AKTSIYADORLIK JAMIYATI - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aktsiyalarini o‘zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyati.
OSHKORALIK – demokratiyaning zarur sharti bo‘lib, jamoatchilikning muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma‘lumot va xabarlarni bilish huquqi hamda tegishli axborotlarni muhokama va nazorat etish uchun ro‘y-rost e‘lon qilishdir.
PALATALARNING QO‟SHMA MAJLISI – ikki palatali tuzilmaga ega bo‘lgan parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda parlamentning qo‘shma majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki safarbarlikni e‘lon qilish, davlat byudjetini tasdiqlash, respublika Prezidentini saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat boshlig‘i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o‘tkaziladi.
PARLAMENT (deputatlar) FRAKTsIYaSI – parlament yoki uning palatasida bir partiyaga mansub deputatlar birlashmasi. Odatda Parlament fraktsiyasi tarkibiga partiyaning etakchilari va ko‘zga ko‘ringan arboblari kiradi.
PARLAMENT SESSIYASI (lot. sessio - yig’ilish) – parlament (parlament palatalari) va parlament komissiyalarining yalpi majlisi bo‘lib o‘tadigan davr. Har bir yil mobaynida navbatdagi Parlament sessiyasining necha marta bo‘lishi qonun yoki odat bo‘yicha belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, yiliga kamida uch marta o‘tkaziladi
PARLAMENTNI TARQATIB YUBORISH – parlamentar davlatlarda, shuningdek, aralash turdagi respublikalarda davlat hokimiyatini amalga oshirish konstitutsiyaviy mexanizmining asosiy elementlaridan biri. Parlamentni tarqatib yuborish (muddatidan oldin parlamentga saylovlarni e‘lon qilish) huquqi davlat boshlig‘iga tegishli (garchi bundan u, qoidaga ko‘ra faqat hukumat
―iltimosiga‖ binoan foydalansada) hamda u hukumatning parlament oldidagi javobgarligi tartibotiga (institutiga) qarshi qo‘yiladigan tartib hisoblanadi.
SAYLOV – demokratiyaning asosiy belgisi bo‘lib, ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish bilan bog‘liq jarayondir. Saylov tushunchasi ko‘proq davlat hokimiyatining vakillik organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylashga nisbatan qo‘llaniladi.
SAYLOV TIZIMI – demokratik jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo‘lib, fuqarolarning saylash va saylanishdan iborat huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig‘indisini anglatadi. Ushbu tushuncha davlatning saylab qo‘yiladigan organlarini shakllantirish tartib-tamoyillarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin