Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi
Mavzu: Bevosita soliqlarning hisobi. REJA. 1. Foyda solig‘ini hisobi va hisoboti. 2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobi va hisoboti. 3. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va hisoboti. 4. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. Tayanch so‘zlar: Daromadlar, harajatlar, foyda, zarar, jismoniy shaxslar, soliqni hisoblab chiqarish va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, doimiy farq, vaqtinchalik farq, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish, amortizatsiya ajratmasi, amortizatsiya normasi, eksport imtiyoz, foyda, tadbirkorlik, qat’iy belgilangan soliq. 1. Foyda solig‘ini hisoboti. Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyotni boshqarishda
buxgalteriya hisobi alohida o‘rin tutadi. Bu sharoitda soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarning Moliyviy buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha me’yoriy–huquqiy
hujjatlar ishlab chiqildi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, Soliq kodeksi,
buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 dekabrdagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda Moliyviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, «Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va
majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va
buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (2005 yil 24 fevral) va
boshqalar shular jumlasidandir.
Prezidentimizning keyingi farmon va qarorlari mamlakatimizda soliq siyosatini
takomillashtirishga qaratilishi bilan birga buxgalteriya hisobi va jumladan soliqlar
hisobini takomillashtirishda ham dasturiy amal bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda yuqorida keltirilgan me’yoriy - huquqiy hujjatlar asosida
Moliyviy, boshqaruv va soliq hisoblari tashkil qilinadi. Masalan: foyda solig‘ining
bazasini aniqlashda va hisobini yuritishda quyidagi BHMSdan foydalaniladi (1-jadvalga
qarang).