- 2 -
Mavzu: Soliqlar hisobining nazariy asoslari
REJA
1. Soliq hisobiga bo‘lgan zaruriyat va uning rivojlanishi.
2. Soliq hisobini tashkil etishning xorij tajribasi.
Tayanch so‘zlar.
Soliq hisobining shakillanishi, buxgalteriya hisobi, soliq hisobi va soliq tizimining
o‘zaro bog‘liqligini, soliq hisobi, soliq hisobining vazifasi, hisob turlarining tasnifi,
Soliq hisobini tashkil etishda, xorijiy tajribasi.
1.
Soliq hisobiga bo‘lgan zaruriyat va uning rivojlanishi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
sharoitida buxgalteriya hisobi nazariy va metodologik jihatdan takomillashib, uni turlari
yoki quyi tizimi shakllanyapti. Moliyviy va boshqaruv hisoblarining buxgalteriya
hisobining tarkibiy qismi sifatida qayd etilgan bo‘lsa, keyingi davrda iqtisodiy
adabiyotlarda «coliq hisobi», «strategik hisob», «ekologiya hisobi», «dinamik hisob»
tushunchalari buxgalteriya hisobining quyi tizimi sifatida yoritilmoqda.
Chet ellik
iqtisodchi olimlar Moliyviy, boshqaruv va soliq hisoblarini hisobning
alohida turi va quyi tizimi sifatida e’tirof etishmoqda.
Jumladan iqtisodchi olimlar D.Morse va J.Zimmermanlar buxgalteriya hisobini
uchta quyi tizimga ajratadi: (1) boshqaruv hisobi; (2) Moliyviy hisob; (3) soliqlar hisobi.
R. Aynsvors, D. Deines, R.D. Riumli va K.X. Larsonlar buxgalteriya hisobini o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan to‘rtta quyi tizimga bo‘ladi: (1) Moliyviy hisob quyi tizimi; (2) boshqaruv
hisobi quyi tizimi; (3) soliqlar hisobi quyi tizimi; (4) tartibga soluvchi buxgalteriya hisobi
quyi tizimi.
V.Robert, S.Entoni, S.Jemislar o‘zlarining «Accounting principles» nomli kitobida
quyidagilarni qayd etadilar: «AQShda Moliyviy hisob, boshqaruv hisobi va soliq hisobi
mohiyati jihatidan alohida jarayonlardir. GAAP –
Moliyviy hisobning, oliy rahbariyat –
boshqaruv hisobining, IRS va kongress esa soliq hisobining tamoyillarini belgilaydi».
O.N.Volkovaning yozishicha, «Rivojlangan mamlakatlarda soliq tizimining rivojlanishi
va murakkablashishi natijasida, soliqqa tortish bazasini aniq hisob-kitob qilish zaruriyati
tug‘ildi.
Davlat ham, mulkdor ham va boshqaruvchilar ham bilardilarki, bunday hisob-
kitoblar uchun yagona va ob’ektiv ma’lumot bu umumqabul qilingan tamoyillarga mos
ravishda jamlangan hisob ma’lumotlaridir. Shu tariqa soliq hisobi paydo bo‘ldi».
V.V.Kachalin ham AQSh amaliyotida Moliyviy va boshqaruv hisoblaridan tashqari
soliq hisobini yuritilishini e’tirof etgan.
Ya.V.Sokolov, V.Ya.Sokolovlarning «Istoriya buxgalterskogo ucheta»
16
kitobida
«Yagona buxgalteriya hisobi Moliyviy va boshqaruv hisoblariga bo‘lindi. Undan kichik
korxonalar hisobi ajraldi. 2002 yildan boshlab bizning mamlakatda soliq hisobi rasman
e’lon qilindi. … Moliyviy hisobning yangidan-yangi yo‘nalishlari, turlari paydo bo‘ldi
(kreativ,
hisobning ijtimoiy, inson resurslari hisobi, insayderlar bilan ishlash, ekologik)»
deb e’tirof etgan. Shuningdek ularning yozishicha, «Hozirgi (1950 yildan) bosqich
balansni dinamik va statistik talqin jihatdan qarashlarning rivojlanishiga olib keldi.
Dinamik talqin va kalkulyatsiyani evolyutsiyaviy metodlari boshqaruv hisobining
tug‘ilishiga olib kelgan bo‘lsa, statistik talqin esa –
Moliyviy hisobotni xalqaro
standartlari (MHXS) va milliy schetlar tizimining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu ikki
16
Sokolov Ya.V, Sokolov V. Ya, Istoriya buxgalterskogo ucheta: M: Finansi i statistika, 2006. 243 s.
- 3 -
talqin soliq hisobining shakllanishiga ta’sir qildi».
Bir qator rossiyalik iqtisodchilar soliq hisobini buxgalteriya hisobining quyi tizimi
emas, balki buxgalteriya va soliq hisoblarini alohida ikki turga bo‘linishi tarafdorlaridir.
A.Pochinok fikricha, «soliq va buxgalteriya hisobi – hisob va hujjatlashtirishning ikki
turidir». Shu fikrni rus iqtisodchilari A.V. Brizgalin, V.R Bernik, A.A. Golovkin, E.V.
Demeshevalar ham qo‘llab – quvvatlaganlar.
Amir Temur davlatni boshqarishda hisobga, shu
jumladan soliq hisobiga ham
alohida e’tibor berganlar. Bobomiz o‘zlarining «Temur tuzuklari» tarixiy kitobida soliq
hisobi to‘g‘risida quyidagilarni e’tirof etganlar: «Yana har bir o‘lkaga uch vazir
tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun (bo‘lib), undan yig‘iladigan oliq –
soliqlarning
undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq – soliq miqdori, soliq
to‘lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin.
Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo‘lgan
mablag‘ hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib
yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan
ozganlarning mol-mulki,
vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi
bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin».
Xo‘sh, soliq hisobining shakllanish zaruriyati nimadan kelib chiqdi?
Xorijiy olimlardan A.V.Brizgalinning qayd etishicha, «1994 yilning oxirlariga
kelib, soliqqa tortish tizimining takomillashishi natijasida, buxgalteriya hisobini soliqqa
tortish maqsadiga bo‘ysindirish, butun hisob tizimini qayta
qurish va qayta moslashuv
zaruriyati vujudga keldi». Bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob integratsiyalashuv o‘rniga
differentsiallashuv tomon rivojlanmoqda. Hisob yangi turining, shu jumladan soliq
hisobining paydo bo‘lishi ilmiy fikrlarning progressivlashuvining natijasidir.
Soliq hisobining kelib chiqishi – bu buxgalteriya (Moliyviy) hisob bilan soliqqa
tortish tizimini kesimida, ya’ni ularning o‘zaro bog‘liqligining natijasidir. Buxgalteriya
hisobi, soliq hisobi va soliq tizimining o‘zaro bog‘liqligini quyidagi 1-rasmda Venn
diagrammasi tarzida aks ettirish mumkin.