U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq to‘lovlari to‘lanishining hisobi


səhifə14/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lovlari to‘lanishining hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritiladi. 
Soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi bilan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishiga doir solishtirma dalolatnoma 
tuzishni talab qilishga haqli. Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchiga solishtirma 
dalolatnoma tuzishni rad etishga haqli emas. 
Soliq hisoboti tushunchasi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa 
majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-
kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek ularga doir ilovalarni o‘z ichiga 
oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq qo‘mitasi va MOLIYA vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan shaklda (AV tomonidan 21.01.2008 yilda 1760-son bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan) tuziladi
Soliq hisobotini tuzish. Soliq hisoboti qog‘ozda va (yoki) elektron hujjat tarzida 
tuziladi. 
Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik 
shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan 
hisobot soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. 
Bugungi kunda soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobotlarni yuritish, soliqlarni to‘lash tizimini 
takomillashtirish, soliq va Moliyviy hisobot shakllarini soddalashtirish, hamda ular 
hajmini qisqartirish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. 
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida 2012-yil 16 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Statistik, soliq, 
Moliyviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruhsat berish tartib-
taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. 
Mazkur farmonda davlat statistika, MOLIYA, soliq va boshqa turdagi hisobotlarni hamda 
ularning davriyligini qisqartirish, shuningdek, 80 ta ruhsat berish tartib-taomillarini va 15 
ta faoliyat turlarini litsenziyalashni bekor qilish ko‘zda tutilgani ayni muddaodir. 
Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida hisob axborotlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib 
borishi va uning ahamiyati ortishini inobatga olib, elektron axborotlar bazasini 


25 
shakllantirish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Tadbirkorlik sub’ektlari uchun 
yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida yurtboshimizning yuqoridagi qayd etilgan 
farmoniga ko‘ra soliq to‘lovchilar tomonidan Davlat, soliq, statistika va boshqa 
organlariga taqdim etiladigan va ko‘p marotaba takrorlanadigan turli hildagi hisobotlar 
2013 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilinadi. Ushbu hisobotlarning bekor qilinishi nafaqat 
tadbirkorlik sub’ektlarini hisobot tuzishga ketadigan vaqtlarni tejashga, balki ularning 
Moliyviy mablag‘larini tejashga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq joriy yilning 3 choragidan boshlab, kichik 
biznes sub’ektlari toifasiga kirmaydigan korxonalar «Asosiy vositalar harakati 
to‘g‘risidagi hisobot» va «Debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma»ni, 
kichik biznes sub’ektlar esa «Debitor va kreditor qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma»ni 
topshirish majburiyatidan ozod etildi. Ushbu hisobotlardan olinadigan axborotlar boshqa 
statistik va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari bilan to‘ldiriladi. Hisobot tuzilishni 
soddalashtirishga qaratilgan ushbu farmonning yana bir ijobiy tomoni axborotdan 
foydalanuvchilar oldin ber necha hisobotlardan olgan ma’lumotlarini endilikda bitta 
hisobotdan olish imkoniyatiga ega bo‘lish hisoblanadi. 
Bundan tashqari 2013 yil 1 yanvardan boshlab, 11 ta statistik hisobot shakllari bekor 
qilinib, 12 turdagi soliq hisobot shakllari va 
ularni taqdim etish davriyligi qisqaradi. 
Natijada soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq hisobotlari yirik korxonalarda umumiy 
tartibda 2,3 barobariga,
kichik biznes sub’ektlar uchun esa 
1,7 barobariga qisqaradi. 
Buning natijasida 
soliq to‘lovchi va soliq organlar sarflaydigan xodimlarining hisobotlarni 
tuzish hamda uni qayta ishlashga ketadigan vaqti keskin kamayishiga, elektron 
hisobotlarni qabul qilish samardorligini oshirishga erishiladi. 
Yuridik shaxs - soliq to‘lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har 
bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‘lovchiga soliq davri 
boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar 
bo‘lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud 
tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish 
dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch 
ish kuni ichida taqdim etiladi. Yuqoridagi qoidalar o‘zgartirish, shuningdek boshqa 
yuridik shaxsni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan 
tatbiq etilmaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin