U. A. Nurmanov toshkent 2016


-jadval  O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida mavjud soliq solish tamoyillari


səhifə16/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida mavjud soliq solish tamoyillari
Modda 
Tamoyilning mazmuni 
Manba 
6-modda. 
Soliq 
solishning 
majburiylik 
tamoyili 
1. Soliqlar va majburiy to‘lovlar ushbu Kodeks bilan o‘rnatiladi, 
o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. 
2. Har bir shaxs ushbu Kodeks bilan o‘rnatilgan soliqlar va majburiy 
to‘lovlarni to‘lashga majburdir. 
3. Hech kimga ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoki uning 
normalari buzilgan holda o‘rnatilgan soliqlar va majburiy to‘lovlarni 
to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas. 
Soliq
kodeksi 
7-modda. 
Soliq 
solishning 
aniqligi 
tamoyili 
1. Soliqlar va majburiy to‘lovlar aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Soliq 
haqidagi qonun hujjatlari shunday tarzda tar’riflangan bo‘lishi 
kerakki, unda har bir soliq to‘lovchi qaysi soliqlar va majburiy 
to‘lovlarni, qachon, qanday miqdorlarda va qay tartibda to‘lashlari 
lozimligini aniq bilishligini anglatadi. 
2. Soliqlarni va majburiy to‘lovlarni o‘rnatishda, ushbu Kodeksda 
boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar 
hamda soliqlarning va majburiy to‘lovlarning elementlari belgilangan 
bo‘lishi lozim. 
Soliq
kodeksi 
8-modda. 
Soliq 
solishning 
adolatlilik 
tamoyili 
1. Soliq solish umumiydir. 
2. Soliq imtiyozlarini o‘rnatish ijtimoiy adolatlilik tamoyiliga muvofiq 
bo‘lishi lozim. Yakka tartib xususiyatiga ega bo‘lgan soliq 
imtiyozlarini berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
3. Soliqlar va majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi 
va ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va shu kabi boshqa mezonlardan kelib 
chiqqan holda turlicha qo‘llanilishi mumkin emas. 
Soliq
kodeksi 
9-modda. Soliq 
tizimining 
yagonaliligi 
tamoyili 
1. Soliq tizimi barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan butun O‘zbekiston 
Respublikasi hududida yagonadir. 
2.O‘zbekiston 
Respublikasining 
bojxona 
hududi 
doirasida 
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki Moliyviy mablag‘larning 
erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab 
qo‘yadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni o‘rnatishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Soliq 
kodeksi 
9
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajagi sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. 52 b. 
10
Mirzayev T., Toshmurodov T., Abdullayev O. Soliqlar va soliqqa tortish. Toshkent: Mehnat 2003. 17 b. 


28 
10-modda. 
Soliq haqidagi 
qonun 
hujjatlari-ning 
oshkoraliligi 
tamoyili 
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar 
rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart. Hammaning e’tibori uchun 
rasman e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga 
kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi va 
soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun, ulardagi 
ko‘rsatmalarni bajarilmaganligi uchun biron bir jazo choralarini 
qo‘llashda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. 
Soliq 
kodeksi 
11-modda. 
Soliq 
to‘lovchining 
haqligi 
prezumtsiyasi-
ning tamoyili 
Soliq haqidagi qonun hujjatlardagi qarama-qarshilik va noaniqliklar 
soliq to‘lovchining foydasiga izohlanadi. 
Soliq 
kodeksi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 sentyabrda bo‘lib 
o‘tgan majlisida 2009 yilga soliq siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqish topshirildi. 2009 
yilga soliq siyosati kontseptsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 
tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy o‘sish ustuvorliklari va barqaror iqtisodiy o‘sish, 
makroiqtisodiy va Moliyviy barqarorlik, iqtisodiyot va uning alohida sohalari balansini 
ta’minlash, xalqning turmush darajasini oshirish asos qilib olingan. 
Mamlakatimizda soliq yuki yildan-yilga pasayib bormoqda. Keyingi yillarda amalga 
oshirilgan islohotlar natijasida davlat MOLIYAsining barqarorligi kuzatildi. 
Soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi 
ta’sirini kuchaytirish maqsadida soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga
moddiy, tabiiy, Moliyviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali 
foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirishga qaratilgan islohotlar ustuvor 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, foyda solig‘i 
va yagona soliq to‘lovi stavkalarini kamaytirish orqali iqtisodiyotdagi sog‘lom muhitni 
shakllantirish va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada jonlantirish ta’minlandi. 2010 
yilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun foyda solig‘ining 10 foizdan 9 foizga 
tushirilishi natijasida ular ixtiyorida 52 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar qoldirilishiga, 
pirovardida esa ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishni kengaytirish, korxonalarning ishlab 
chiqarish quvvatini yanada mustahkamlashga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi 
soliq yukini yanada engillashtirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik jihatdan qayta jihozlashga, fuqarolarning daromadlarini ko‘paytirish hamda 
aholining xarid qobiliyatining oshishiga zamin yaratildi. Soliq siyosatidagi ushbu jarayon 
kichik biznes sub’ektlari uchun yagona soliq to‘lovini kamaytirish orqali davom ettirilib, 
2011 yil uchun yagona soliq to‘lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, joriy yilda 
kichik biznes sub’ektlariga 50 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar tejab qolish imkonini 
beradi. 
Xususan, iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada qisqartirish va soliq ma’murchiligini 
takomillashtirish 
bo‘yicha islohotlar davom ettirildi. Buni quyidagi jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 
2008 yilda iqtisodiyotdagi umumiy soliq yuki (davlat byudjetining maqsadli 
jamg‘armalari bilan birgalikda) 33,5%ni, 2010 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 2010 yilda 
31,5%ni tashkil etdi. 2011 yilda esa uning hajmi 30,1 %ni tashkil etishi ko‘zda 
tutilmoqda. Soliqlar bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar natijasi o‘laroq, davlat byudjetining 
YaIMdagi ulushi 2010 yilda 22,1%ni tashkil qilgan. 2011 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 


29 
20,9 %bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu kontseptsiyada jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan daromad solig‘i 
stavkasining quyi shkalasini saqlab qolgan holda, o‘rta shkalasini 18 foizdan 17 
foizgacha, yuqori shkalasini 29 foizdan 22 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan (2- 
jadval). 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin