U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari


səhifə13/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari: 

o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi

qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, Moliyviy va soliq 
hisobotini tuzishi; 

davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish 
huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi

soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda 
ma’lumotlarni taqdim etishi; 

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular 
mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, 
ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart. 

Soliq agentlari yuqorida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari: 

soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjetga va 
davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi; 

soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda byudjetga 
va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning 
hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob 
yuritishi shart. 

Vakolatli organlarning huquq va majburiyatlari Soliq kodeksi hamda boshqa qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyati. Soliq to‘lovchining muayyan soliq yoki 
boshqa majburiy to‘lovni to‘lash, shuningdek Soliq kodeksida nazarda tutilgan holatlar 
bo‘lgan taqdirda, mavjud soliq qarzini uzish majburiyati Soliq to‘lovlarini to‘lash 
majburiyati deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida etarlicha pul 
mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni to‘lash uchun 
bankka to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan paytdan e’tiboran, soliq yoki boshqa 
majburiy to‘lov naqd pul mablag‘lari bilan to‘langanda esa pul summasi bankka yoki 
vakolatli organ kassasiga topshirilgan paytdan e’tiboran bajarilgan deb hisoblanadi. 
Soliq to‘lovlari summasini o‘tkazish uchun to‘lov topshiriqnomasi soliq to‘lovchi 
tomonidan chaqirib olingan yoki bank tomonidan soliq to‘lovchiga qaytarilgan taqdirda, 
shuningdek agar soliq to‘lovchi bankka to‘lov topshiriqnomasini taqdim etgan paytda bu 


24 
soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga qo‘yilgan, qonun hujjatlariga muvofiq birinchi 
navbatda bajarilishi lozim bo‘lgan, bajarilmagan talablar mavjud bo‘lsa hamda soliq 
to‘lovchi barcha talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqda etarlicha pul mablag‘lariga 
ega bo‘lmasa, Soliq to‘lovlari to‘langan deb hisoblanmaydi. 
Soliq to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliq kodeksining 10-bobida belgilangan 
tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin. 
Soliq agentining ushlab qolingan summalarni byudjetga yoki davlat maqsadli 
jamg‘armalariga o‘tkazishga doir majburiyati yuqoridagilarga muvofiq bajarilgan deb 
hisoblanadi. 
Soliq to‘lovlarini to‘lash milliy valyutada, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
hollarda esa chet el valyutasida amalga oshiriladi. 
Soliq majburiyatining soliq to‘lovchi tomonidan bajarilmaganligi yoki Soliq 
kodeksida belgilangan tartib buzilgan holda bajarilganligi unga nisbatan soliq 
majburiyatining bajarilishini ta’minlash choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi. 
Soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
Soliq kodeksida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilgan hollarda Soliq 
to‘lovlarini to‘lash majburiyati davlat soliq organining yozma talabnomasi olingan 
sanadan e’tiboran yuzaga keladi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin