- 18 -
3. Soliq hisobining registrlari.
Hisob registrlari ikki guruhga bo‘linadi: analitik va sintetik.
Soliq hisobining
analitik registlari - buxgalteriya hisobi schyotlariga taqsimlanmagan (aks ettirilmagan)
holda hisob davridagi soliq hisobi ma’lumotlarini guruhlashtirilgan, tizimlashtirilgan
yig‘ma shakllaridir. Analitik registrlar soliq to‘lovchilar
tomonidan mustaqil ravishda
ishlab chiqiladi va hisob siyosatiga ilova qilinadi. Hisob registrlarini yuritish asosida soliq
hisobini tashkil etish tizimi ishlab chiqiladi (5-rasm). Rossiya Federatsiyasi Soliqlar va
yig‘imlar vazirligining 2001 yil 19 dekabrdagi «Soliq hisobini tizimi to‘g‘risida»gi
axborot xabarnomasida soliq hisobining 51 ta registri mavjud bo‘lib, ularni shartli
ravishda 5 ta guruhga bo‘lgan:
1. Oraliq hisob-kitob registrlari;
2. Soliq hisobi birligi holatini hisobga oluvchi registrlar;
3. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga oluvchi registrlar;
4. Hisobot ma’lumotlarini shakllantiruvchi registrlar;
5. Tijorat bo‘lmagan korxonalarni maqsadli mablag‘larini
hisobga oluvchi
registrlar.
Soliq hisobining ba’zi analitik hisob registrlari ishlab chiqilgan. Jumladan, mol-
mulk solig‘ini hisob-kitob registri 2-jadvalda keltirilgan.
Ushbu registrning qulayligi shundan iboratki,
bunda asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlarning qoldiq qiymatlari, ularning eskirish summalari har oy uchun ko‘rsatiladi.
Shuningdek mol-mulk solig‘i bo‘yicha
imtiyoz summalarini, soliqqa tortiladigan baza
summalarini hisoblash osondir.Bu registrni amaliyotda qo‘llash buxgalterlar va soliq
xizmati xodimlariga qulayliklar yaratadi.Soliq hisobi registrlarining
shakllarini keyingi
mavzularda soliq turlari bo‘yicha hisob metodologiyasini o‘rganish jarayonida, aniq
ma’lumotlarga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliq hisobini tashkil etish,
uni yuritishning
metodikasi, foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi, registrlarni o‘zgarishining soliq
hisobi siyosatida aniq ko‘rsatadilar.
Soliq to‘lovchilar soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
soliqqa tortish
bazasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobi ma’lumotlari bilan ta’minlashga kerak
bo‘ladigan registrlar mustaqil holda ishlab chiqadi hamda yuritiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: