- 15 -
metodologiyasining asosiy maqsadi ham umumiy hisob tamoyillarini ishlab chiqishdir.
Bu hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yana dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Keyingi paytda buxgalteriya hisobi tamoyillarining nazariy masalalariga me’yoriy
hujjatlarda alohida e’tibor berilmoqda. Lekin, soliq hisobi tamoyillari adabiyotlarda
yoritilmagan va kam tadqiqot qilingan nazariy masala bo‘lib qolmoqda.
Shuning uchun
ham soliq hisobining tamoyillariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Buxgalteriya hisobining
tamoyillari soliq hisobi uchun ham umumiy tamoyillar bo‘lib, ularga asoslangandir.
Shuning uchun ham buxgalteriya hisobining tamoyillarini eslatib o‘tishni
maqsadga
muvofiqdir.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida quyidagi tamoyillar
aks ettirilgan: «Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir:
– buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;
–
uzluksizlik;
– xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning
pulda baholanishi;
– aniqlik;
– hisoblash;
– istiqbolni ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
–
mazmunning shakldan ustunligi;
– ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
– Moliyviy hisobotning betarafligi;
– hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
– aktivlar va majburiyatlarning baholanishi»
34
.
«Moliyviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual (tamoyil) asoslari»
O-BHMS da quyidagi tamoyillar keltirilgan:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: