26
Mavzu: Soliq hisobi tizimi va hisob siyosati.
REJA.
1. Soliq hisobi siyosatini takomillashtirish.
2. Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish.
Tayanch so‘zlar.
Buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob’ekti, hisob
tamoillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri.
O‘zbekistonda erishilayotgan iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan iqtisodiyotda soliq
yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog‘liq.
Mamlakatimizda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat
iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-byudjet
siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning
ishlab chiqilishi soliq to‘lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi,
ishlab topilgan va ularning o‘zlarida qoldirilayotgan mablag‘larning
reinvestitsiya
qilinishi oqibatida qo‘shimcha soliq ob’ektining paydo bo‘lishi hisobiga nafaqat
byudjetdagi yo‘qotishlar o‘rnining qoplanishi, balki soliq to‘lovchilarning qo‘shimcha
daromadlarga ega bo‘lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Respublikamizda ishlab chiqarishni yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik
faoliyatini rag‘batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda
muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo‘llanilishi o‘z
natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to‘lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor
qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga,
soliqlarni hisoblash va
to‘lashga
oid
korxonalar
faoliyatini
soddalashtirishga,
shuningdek
soliq
majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish
natijasi o‘laroq keyingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlari
kuzatilmoqda. Amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati birinchidan, iqtisodiyotning
istiqbolli soha va tarmoqlarini davlat tomonidan Moliyviy qo‘llab
quvvatlash tizimida
muhim fiskal omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, amaldagi faol ijtimoiy
siyosat va kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda davlat byudjetiga alohida
vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni samarali ijrosi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksida
soliqqa tortish tamoyillari
alohida moddada e’tirof etildi:
«5-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining tamoyillari
1. Soliq haqidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi,
adolatliligi, soliq tizimining yagonaliligi, soliq haqidagi qonun
hujjatlari oshkoraliligi va
soliq prezumtsiyasi tamoyillariga asoslanadi.
2. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining qoidalari ushbu Kodeks bilan o‘rnatilgan
tamoyillarga zid bo‘lishi mumkin emas».
8
Soliq kodeksida qayd etilgan soliq solish tamoyillari 1-jadvalda aks etilgan.
Soliq siyosati kategoriyasini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimovning asarlarida soliq siyosati borasida quyidagi fikrlar mavjud: «Soliq
siyosatining vazifasi, bir tomondan, byudjet daromadining
barqaror safarbarligini
8
O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, 5-modda. 2007
27
ta’minlashdan, ikkinchi tomondan, korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan
mahsulotlar ishlab–chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat»
9
.
«Soliq siyosati – har bir mamlakatda ma’lum vaqtda belgilangan kontseptsiya,
mezon va vazifalar, davlat iqtisodiy va Moliyviy siyosatning asosiy tarkibi.
Davlatning
soliqqa tortish uslublari, soliq turlari, ularni to‘lash tartiblarini
takomillashtirishga bag‘ishlangan maqsadli tadbirlari, soliq siyosati
iqtisodiy siyosatning
umumlashgan ifodasi hisoblanadi».
10
Yüklə
Dostları ilə paylaş: