22
Joriy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan davr
hisobot davri bo‘lmaydi.
Soliq hisobotini taqdim
etish tartibi
Soliq hisobotini taqdim etish har bir soliq turi bo‘yicha Soliq
kodeksida alohida belgilanadi va oy, chorak, yilga bo‘linadi.
To‘lash tartibi
U Soliq kodeksida har bir soliq uchun alohida belgilanib, ularga
muddatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Soliq to‘lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq
yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi.
Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq
to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov
to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig‘i, er solig‘i, yagona er solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli
huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr
mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha imtiyozlar bo‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yo‘naltirish sharti
bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan
taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa o‘rnatilgan tartibda penya
hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: