tashkil etuvchi qoidalar tizimidir. Bu ta’rifga va yuqoridagilarga asoslangan holda soliq hisobining tamoyillariga
quyidagilar kiradi: ikki yoqlama yozish, davriylik, soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni tan
olish, daromat va xarajatlar mos kelishi, konunlar bilan mustaxkamlanganlik tamoyillari.
Soliq hisobi predmeti va tamoyillarining o‘ziga xosligi uning metodini ham
aniqlashga imkon yaratadi. Bevosita metod va usullar yordamida soliq hisobining ob’ekti
o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobining, shu jumladan soliq hisobining metodi va usullarini
aniqlashda bevosita ularning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi hamda metodologiyasini
hisobga olishimiz kerak. Soliq hisobining metodi umumqabul qilingan buxgalteriya
hisobining metodi va usullariga asoslanishdan tashqari, o‘zining maxsus metod va
usullariga ega.
Soliq hisobining metodi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik operatsiyalari, aktivlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, daromad, xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi usullar majmuasidir. Shunday qilib, soliq hisobining tamoyillari va metodini belgilab oldik. Tamoyillar va
metodga asoslangan holda soliq hisobini olib borish metodologiyasining nazariy
muammolarini echishga harakat qilamiz. Soliq hisobotini olib borish metodikasi bo‘yicha
ham mutaxassislarning fikrlari har xil.
Ikkinchi pog‘ona standartlarida har bir soliqning aniq turi va soliq hisobi
jarayonlari va soliq hisobi bo‘yicha soliq hisobini yuritish tartibi hamda buxgalteriya va
soliq hisoblarining o‘zaro bog‘liqligi belgilanadi. Soliq hisobining hisob siyosati ikkinchi
pog‘ona standarti hisoblanadi.
Uchinchi pog‘ona standartlari bo‘lib, soliq hisobini olib boruvchilar ishlarini
aniqlashtiruvchi va tartibga soluvchi nizomlar va yo‘riqnomalar hisoblanadi». Soliq
hisobini tashkil etishning quyidagi variantlari mavjud (2-rasm).
1. Soliq hisobi siyosatini tasdiqlash asosida soliq hisobi registrlaridan
foydalanilgan holda soliq hisobini tashkil etish;
2. Moliyviy hisob ma’lumotlari asosida soliq hisobi registrlarini shakllantirish
asosida tashkil etish.