- 14 -
Soliq hisobining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- yuridik shaxslar tomonidan soliqlar hamda majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri
hisoblash;
- hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlarni davlat byudjeti hamda davlatning maqsadli
jamg‘armalariga o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
- soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha belgilangan imtiyozlardan keng foydalanish.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan
olinadigan soliqlar Soliq kodeksiga amalga kiritilgan edi.
Soliq kodeksda soliqlardan ko‘zlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining
Moliyviy bazasini ta’minlash, yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish,
tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof-muhitni muhofaza etishni
rag‘batlantirish, deb belgilangan.
Mazkur Kodeksda O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq
to‘lovchilar, soliq solish ob’ektlari, soliq to‘lash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan
imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to‘lash munosabati bilan
kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksda tutilgan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: