U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega


səhifə12/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: 

davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar
boshqa majburiy to‘lovlar, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar haqida 
axborot olish; 

o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan davlat soliq xizmati organlari hamda 
boshqa vakolatli organlardagi mavjud ma’lumotlarni olish; 

soliq munosabatlari masalalari yuzasidan o‘z manfaatlarini shaxsan yoki o‘z vakili 
orqali ifoda etish

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish; 

soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki 
undirilgan summalarini hisobga olish yoki qaytarib olish

Soliq kodeksida hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
shartlarda va tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va 
(yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash; 

soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 
hisoblab chiqarish hamda to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda 
tuzatish; 

soliq tekshiruvlari materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish; 

soliq tekshiruvlarini amalga oshirayotgan davlat soliq xizmati organlariga soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bajarishga doir masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish; 

davlat soliq xizmati organlarining, boshqa vakolatli organlar va ular mansabdor 
shaxslarining Soliq kodeksiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq 
bo‘lmagan hujjatlari hamda talablarini bajarmaslik


23 

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qarorlari, ular 
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat 
qilish; 

davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof 
qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli etkazilgan 
zararning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish. 
Soliq to‘lovchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega 
bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq 
to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 
Soliq to‘lovchi vakillarining mazkur soliq to‘lovchining soliq munosabatlaridagi 
ishtiroki munosabati bilan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) soliq to‘lovchining 
harakati (harakatsizligi) deb e’tirof etiladi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin