U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə18/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm. Soliq hisobi siyosatining tarkibi. 
Uslubiy qism 
Hisob xizmatining 
tashkiliy shakli 
Soliq hisobi shakli 
Ichki nazoratning 
shakli 
Hujjatlar aylanishini 
tashkil 
etish 
Buxgalteriya 
va soliq hisoblarini 
bog‘liqligi 
Soliq hisobi registri 
shakli 
Soliq 
hisobi ishchi schyotlari 
rejasi 
Soliq hisobi 
axborotlarini qayta 
ishlash texnologiyasi 
Foyda va QQ 
soliqlarini hisoblash 
va hisobga olish 
uslubiyoti 
Boshqa soliqlarni 
hisoblash va hisobga 
olish uslubiyoti 
Asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarni 
amortizatsiya 
ajratmasini hisoblash 
usullari 
Soliq hisoboti 
TMZ baholash 
usullari 
Daromad va 
xarajatlarni hisoblash 
va tan olish usullari 
Tashkiliy qism 
Texnik qism 
Soliq hisobi siyosati 


32 
2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, soliq hisobi siyosatining tashkiliy qismida xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarda soliq hisobini yuritishning shakli, soliq hisobini olib borish kimga 
va qaysi bo‘linmaga yuklatilganligi, buxgalteriya (Moliyviy) hisob bilan soliq hisobining 
o‘zaro bog‘liqligi hamda hujjatlar aylanishini tashkil etish masalalari o‘z aksini topgan. 
Soliq hisobi siyosatining texnik qismida soliq hisobining modeli uning 
registrlarining shakli, soliq hisobining ishchi schyotlar rejasi, soliq hisobi axborotlarini 
qayta ishlashning texnologiyasi hamda boshqa texnik masalalar bo‘lishi kerak. 
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismini shakllantirishda buxgalteriya (Moliyviy) 
va soliq hisobining o‘zaro bog‘liq hamda ularning farqli tomonlarini qiyosiy tahlil qilish 
zarur. Chunki, hisob siyosatining uslubiy tomonlari ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Shu 
asosda soliq hisobi tamoyillari metodlarini qo‘llash va ob’ektlarni hisobga olish uslubiyoti 
ishlab chiqiladi. 
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismining tarkibi 9-rasmda aks ettirilgan. Bu 
qismda daromad va xarajatlarni tasnifi, ularni tan olish, mulk va TMZ ni baholash 
usullari, asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni amortizatsiya ajratmasini hisoblash 
metodlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini aniqlash 
va soliq hisobida aks ettirish metodikasi, soliq hisobotini tuzish va tegishli organlarga 
taqdim etish tartiblari ko‘rsatiladi. 
Soliq hisobi siyosatining o‘ziga xos tomonlari quyidagi 3-jadvalda aks ettirilgan. 
Bunda har bir ob’ektning me’yoriy-huquqiy asosi hamda soliq hisobini tashkil etish va 
olib borish usullari e’tirof etilgan. 
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismida quyidagi elementlarga alohida e’tibor 
berish kerak: 
- aktivlar va majburiyatlarni baholash metodlariga
- daromad va xarajatlarni soliq hisobida tan olishga; 
- amortizatsiyani hisoblash metodlariga; 
- amortizatsiya me’yorlarini qo‘llashga; 
- zahira (rezerv)ni tashkil etishga; 
- soliqlarni hisoblash, to‘lash tartiblariga; 
- soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish tartibiga
- soliq hisobi analitik registrlari shakliga; 
- soliq hisobida qo‘llanadigan ishchi schyotlar rejasiga va boshqalarga. 
Bu elementlarni soliq hisobi siyosatining ob’ekti sifatida qarash va 
metodologiyasining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 


33 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin