U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə26/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

(farmoyish) bilan rasmiylashtirishga haqlidir Biroq bunda shuni hisobga olish lozimki
me’yorlardan ortiqcha sutkalik pullar summasi: 
Soliq kodeksi 174-moddasining 9-bandiga ko‘ra xodimning daromadi deb e’tirof 
etiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi; 

foyda solig‘i to‘lovchi korxonalar uchun chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi (SK 
147-moddasining 3-bandi); 

yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari solinmaydi (SK 308-moddasining 1-
bandi). 
Me’yor doirasidagi sutkalik pullar foyda solig‘ining hisob-kitobi paytida chegiriladi 
(SK 145-moddasining 14-bandi), jismoniy shaxsning daromadi hisoblanmaydi (SK 171-
moddasi ikkinchi qismining 7-bandi), tegishincha, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar 
solinmaydi. 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisida xarajatlar soliq solinadigan tushum hisob-kitobi 
chog‘ida hisobga olinmaydi. 
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasining xodimi Moskvaga 5 kun muddat bilan 
xizmat safariga yuborildi. Korxona rahbarining buyrug‘iga asosan xodimga xizmat 
safarida bo‘ladigan har bir sutka uchun 35 dollar hisob-kitobidan sutkalik xarajatlarga 
mablag‘lar to‘landi. Qaytib kelgach xodim buxgalteriyaga bo‘nak hisobotini taqdim etdi, 
unda ko‘rsatilishicha, sutkalik pullar 175 AQSh dollarini tashkil etib, hisobot to‘ldirilgan 
kunda MB kursi bo‘yicha so‘mga qayta hisoblaganda 274 750 so‘mni (175 x 1 570) 
tashkil etadi. 
Me’yor doirasida xodimga 125 dollar (sutkasiga 25 dollardan) berilgan, unga 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi va summa foyda solig‘i 
to‘lovchi korxonada chegiriladigan xarajat deb e’tirof etiladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-kitobi chog‘ida xodimning 
jami daromadiga oshgan summa - 50 dollar (78 500 so‘m) kiritiladi. Ushbu summa foyda 
solig‘i hisob-kitobi chog‘ida chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi. Sutkalik pullarning 
butun summasiga (274 750 so‘m) yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari solinmaydi
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi korxona yangi texnologik uskunani 
xarid qilayotganda Soliq kodeksining 159 va 269-moddalari bilan belgilangan, foyda 
solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi 
imtiyozlardan foydalanishga haqlidir.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin