U. A. Nurmanov toshkent 2016


kun uchun to‘lanadi. 5 kun uchun unga 125 000 so‘m hisoblanib, ushbu summa


səhifə34/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

kun uchun to‘lanadi. 5 kun uchun unga 125 000 so‘m hisoblanib, ushbu summa 
taftish komissiyasi a’zosining arizasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘iga maksimal stavka (22%) bo‘yicha tortiladi. 
Bu erda taftish komissiyasi a’zosiga to‘lanadigan mukofot summasi (125 ming 
so‘m) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga kiritiladi va jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘iga tortiladi va ijtimoiy sug‘urtaga majburiy ajratmalar ob’ekti 
hisoblanadi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi 27 500 so‘mni (125 000 
x 22%), hisoblangan sug‘urta badali summasi - 6 875 so‘mni (125 000 x 5,5%) tashkil 
etadi. 
MISOL. Korxona o‘z xodimiga 2012 yilning yanvar oyiga 629 200 so‘m 
miqdorida ish haqi va oziq-ovqat uchun 125 840 so‘m ajratadi.
Bu erda daromad solig‘ini hisoblashda soliq solish bazasiga oylik ish haqi va oziq-
ovqat puli kiritiladi (2012 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 
30 dekabrdagi O‘RQ-313-son Qonuni bilan SKning 174-moddasiga o‘zgartirish kiritildi). 
Soliqqa tortiladigan jami daromad summasi 755 040 so‘mni tashkil qiladi. EKIH miqdori 
62 920 so‘m. Yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
summasi shkala bo‘yicha: 
(62 920 x 5) x 9% = 28 314 so‘m 
[(629 200 - 314 600) x 16%] = 50 336 so‘m 
[(755 040 - 629 200) x 22%] =27 684,8 so‘m 
Demak, yanvar oyi uchun jami byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi - 106 334,8 so‘m.
Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash - SKning 175-moddasida ishlanmagan vaqt 
uchun haq to‘lash tarzidagi daromad turlari to‘liq keltirilgan, ular, jumladan, 
quyidagilardir: 


53 
- yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tilga haq to‘lash, shuningdek ushbu ta’tildan 
foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda 
pullik kompensatsiya to‘lash; 
- asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga 
beriladigan to‘lovlar; 
- qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi 
bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi
- xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun haq to‘lash; 
- mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash; 
- yuridik shaxsning mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalarga 
qo‘shimchalar, stipendiyalar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin