U. A. Nurmanov toshkent 2016


MISOL. Korxona balansida bo‘lgan (QQS to‘lovchi) qiymati 180 ming so‘mlik


səhifə36/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

MISOL. Korxona balansida bo‘lgan (QQS to‘lovchi) qiymati 180 ming so‘mlik 
kompyuter xodimga tekinga topshirildi.
Taqdim etilgan kompyuter boshidan ularni xodimga tekinga berish uchun xarid 
qilinmagan, balki ular korxonaning ehtiyoji uchun olingan bo‘lib, tegishincha, ular 
bo‘yicha SKning 218-moddasiga asosan QQS hisobga olingan. Tekinga berishda hisobga 
olish summasiga tuzatish kiritilmaydi. 
Kompyuterni tekinga berish QQS solish oboroti hisoblanadi va hisobvaraq-faktura 
rasmiylashtiriladi. QQS 36 ming (180 x 20%) so‘mni tashkil etadi.
Tegishincha, xodimning daromadi 216 ming (180 + 36) so‘mga teng, xususan, unga 
soliq solinmaydi, chunki u eng kam ish haqining olti baravari miqdoridan oshmaydi 
(EKIH miqdori - 62 920 so‘m bo‘lganda) (SKning 179-moddasi 14-bandi). 
Boshqa daromadlar - SKning 178-moddasida boshqa daromad turlari to‘liq 
keltirilgan, quyida ularning bir qanchasi keltiriladi: 
- hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va 
boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan 
holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va 
qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; 
- jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan 
mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati; 
- xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar;
- moddiy yordam tariqasida: 
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati 
bilan xodimga beriladigan to‘lovlar; 
xodimga mehnatda mayib bo‘lganlik, kasb kasalligi yoxud sog‘liqqa boshqacha 
shikast etganligi bilan bog‘liq to‘lovlar; 
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan to‘lovlar; 
maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan hamda xodimlar bilan yuz bergan shaxsiy tusdagi 
voqealar, hodisalar va tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan hamda bajariladigan ish natijalariga 
bog‘liq bo‘lmagan to‘lovlar; 


55 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar 
berish tarzidagi to‘lovlar;
- qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha 
har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari;
- ishlamaydigan pensionerlarga yuridik shaxs tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin