U. A. Nurmanov toshkent 2016


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini


səhifə39/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lov manbaida soliq solish 
soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda soliq agentlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Soliq agentlari soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning 184-moddasida ko‘rsatilgan 
daromadlaridan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini 
mazkur daromadlar haqiqatda to‘lanayotganda ushlab qolishlari shart. 
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning hisoblangan summasini 
soliq to‘lovchidan ushlab qolish soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul 
mablag‘lari hisobidan, mazkur pul mablag‘lari haqiqatda soliq to‘lovchiga yoki uning 
topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z 
vaqtida byudjetga o‘tkazilishi uchun javobgarlik daromad to‘layotgan soliq agentining 
zimmasida bo‘ladi. Mazkur soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti 
ushlab qolinmagan summani hamda u bilan bog‘liq penyani byudjetga to‘lashi shart. 
Soliqni hisoblab chiqarishva ushlab qolish tartibi. Jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash 
maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha (yil 
boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga 
olinadi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va ushlab 
qolish ushbu bo‘limda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib 
chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo‘yicha 
har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga 
oshiriladi. 
 Soliq agentlari: 
1) soliq davri tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga 
daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida, asosiy ish joyi bo‘yicha daromadlar olgan 
jismoniy shaxslar bundan mustasno, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi MOLIYA vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda 
ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi: 
soliq to‘lovchining - jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami; 
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili; 


58 
o‘tgan soliq davri yakunlari bo‘yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan umumiy summasi; 
soliq agentining identifikatsiya raqami; 
soliq agentining nomi, joylashgan eri (pochta manzili); 
2
) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, 
yil yakunlari bo‘yicha esa yillik MOLIYA hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq 
xizmati organlariga hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi MOLIYA vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim 
etishi shart.
Rasshifrovkaning barcha ustunlari bo‘yicha aniqlangan oy oxiriga qoldiq qatori 
ma’lumotlari keyingi oy uchun to‘ldiriladigan rasshifrovkaning oy boshiga qoldiq 
qatorida qayd etilgan bo‘lishi shart. 
Yuqorida to‘ldirilishi haqida batafsil keltirilgan har oyda tuziladigan rasshifrovkada 
ifodalangan ma’lumotlar asosida har chorakda bir marotaba yuridik shaxslar tomonidan 
«Hisoblangan va haqiqatda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida»gi ma’lumot 
to‘ldiriladi. Ushbu ma’lumotda yuridik shaxs yozuvlarninning haqqoniyligi va to‘g‘riligi 
uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. 
Soliq kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, yuridik shaxslar yilning har choragida, 
hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik 
MOLIYA hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan 
va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan 
shaklda taqdim etishi shart ekanligi belgilangan. 
Soliq kodeksining 188-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga yuridik shaxslar tomonidan 
pul mablag‘larini olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan 
bir vaqtda hamda to‘lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun 
ichida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, Moliyviy hisobotlarni, 
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4453-sonli Farmoniga asosan 2013 yildan e’tiboran taqdim 
etish davriyligi quyidagi soliq hisobotlari barcha soliq to‘lovchi yuridik shaxslar 
tomonidan yilda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi: 

jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi; 

jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi. 


59 
Hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida 
M A ‘ L U M O T L A R 
(so‘mda) 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Satr-
lar 
To‘lovchining 
ma’lumotlari 
bo‘yicha 
1 Yil boshidan daromad olgan jismoniy shaxslar soni, jami (kishi) 
001 
1 150,00 
Jumladan: o‘rindoshlik bo‘yicha (kishi) 
002 
200,00 
Pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajaruvchilar 
003 
150,00 
01-satrdan horijiy jismoniy shaxslar (kishi) 
004 
2 Hisobot davri boshiga qarzdorlik: 
- xodimlarga soliq solinadigan daromadlarni to‘lash bo‘yicha 
(soliqlar va majburiy ajratmalar chegirilgan holda)* 
005 
176 078 397,00 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 
006 
34 251 000,00 
shundan, xodimlarga to‘langan daromad summasiga nisbatan 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 
qarzdorlik (ortiqcha to‘langan) summasi 
007 
------- 
- ShJBPHga badallar bo‘yicha 
008 
2 227 119,00 
shundan, xodimlarga to‘langan daromad summasiga nisbatan 
ShJBPHga badallar bo‘yicha qarzdorlik (ortiqcha to‘langan) 
summasi 
009 
------- 
3 Hisobot davri uchun hisoblangan: 
Xodimlarga berilishi lozim bo‘lgan soliq solinadigan daromad 
summasi (soliqlar va majburiy ajratmalar chegirilgan holda)*: 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin