U. A. Nurmanov toshkent 2016


 Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va hisoboti


səhifə40/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

3. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va hisoboti. 
Yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. 
Soliq solish ob’ekti bo‘lib «Moliyviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ning 2-son 
shakli 270-satrida «Soliq solinadigan foyda» qiymatidan foyda solig‘i ayrilgan summasi 
hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i miqdorida 
belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo‘yicha to‘lashi 
mumkin. 
Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga 
to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi: 

agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu 
moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki 
undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi; 

agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu 
moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, 


60 
byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda 
sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Soliq hisoblanganda: 
Debit 9810-»Foydadan hisoblangan va to‘lanadigan soliq» 
Kredit 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» 
Bu soliq byudjetga to‘langanda: 
Debit 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» 
Kredit 5110-»Hisob-kitob schyoti». 
Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i korxonaning sof 
foydasidan hisoblanadi: 
D-t 5110 K-t D-t 6410 K-t D-t 9810 K-t
(2)
(1)
1571,04 
1571,04 1571,04 
1571,04
1. Bu soliq hisoblanishi. 
2. Soliqni byudjetga to‘lanishi. 
6410- Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
hisoblash va to‘lash tartibi 
Debet 
Kredit 
5110 hisob raqamdan utikazish 
9810-»Foydadan hisoblangan va 
to‘lanadigan soliq» 
Misol: Korxona hizmat ko‘rsatishi natijasida yil yakunida soliq inspeksiyasiga yillik 
hisobot topshirishi natijasida korxona sof foydasi 19638, ming so‘mni tashkil kilgan.
Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblandi: 
Inf.riv.sol = 19638 x 8% = 1571,04 ming so‘m
Byudjetga to‘lanishi kerak bo‘lgan Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish 
solig‘i summasiga va ushbu summaning byudjetga o‘tkazilishi schyotlarda quyidagicha 
aks ettiriladi: 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin