U. A. Nurmanov toshkent 2016


 Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi


səhifə43/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

4. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. 
 
Soliqqa tortiladigan foydani aniq hisoblashda «doimiy farqlar», «vaqtinchalik 
farqlar» tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Bu tushunchalarning mohiyati 12-MHHS 
«Foydadan soliq» standartda ko‘rsatib o‘tilgan. 
Farqlar buxgalteriya hisobida ko‘rsatilgan foyda bilan soliqqa tortish maqsadida 
aniqlangan foyda o‘rtasidagi farqdir. Bu farqlar daromadlar va xarajatlarni buxgalteriya 
hisobi va soliq qonunchiligida tan olish qoidalari har xilligidan kelib chiqadi. 
Doimiy farqlar – bu hisobot davrida buxgalteriya hisobi bo‘yicha foydani 
shakllantiruvchi daromadlar va xarajatlar bo‘lib, ular hisobot davridagi (kelgusi hisobot 
davrida) soliqqa tortiladigan foyda bazasidan chegiriladi. 
Vaqtinchalik farqlar – bu foydani shakllantiruvchi daromad va xarajatlarning ba’zi 
moddalarini buxgalteriya hisobi foydasiga hisobot davrida, foyda solig‘i bazasiga boshqa 
davrga olib borilishi natijasida hosil bo‘ladigan farqlar. 
Vaqtinchalik farqlar soliqqa tortiladigan foyda bazasiga ta’siriga ko‘ra 
quyidagilarga bo‘linadi: 


63 
- chegiriladigan (kechiktiriladigan) vaqtinchalik farqlar; 
- soliqqa tortiladigan vaqtinchalik farqlar. 
Vaqtinchalik farqlarni kelib chiqish sabablaridan biri bu asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmasini hisoblashda Moliyviy hisob bilan 
soliq hisobida har xil usullarning qo‘llanishidir. 
Misol: «FARM GLASS» qo‘shma korxonasiga asosiy vosita (engil avtomobil) 
2005 yil dekabrda qabul qilindi. Uning qiymati 24 000 000 so‘m. Foydalanish muddati 5 
yil, amortizatsiyaning me’yori 20 foiz. Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya me’yori 
hisob siyosatida 12 foiz belgilangan. 2006 yil uchun amortizatsiya summasi va 
vaqtinchalik farq hisoblansin.
3– jadval 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin