U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə45/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Nazorat uchun savollar. 
1. Foyda deganda nimani tushunasiz? 
2. Daromad tarkibiga kiradigan elementlar? 
3. Soliqqa tortish maqsadida xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi? 
4. Foyda solig‘ini to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting. 
5. Doimiy farq nima? 
6. Vaqtinchalik farq nima? 
7. Foyda solig‘i bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qanday imtiyozlar beriladi? 
8. Eksportiyor korxonalarga foyda solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar berilgan? 
9. Vaqtinchalik farqlar schyotlarda qanday aks ettiriladi? 
10. Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar schyotlarda qanday aks ettiriladi?
11. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining solig‘ini to‘lovchi 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting? 


65 
Mavzu: Bilvosita soliqlarning hisobi. 
REJA. 
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti. 
2. Aktsiz solig‘i hisobi va hisoboti. 
3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobi va hisoboti. 
Tayanch so‘zlar: 
Aktsiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i, harajatlar, boj, tovar aylanma, eksport imtiyoz, 
soliqlar bo‘yicha imtiyoz, QQS solig‘idan imtiyoz, soliq hisoboti. 
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti. 
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va hizmat ko‘rsatish, 
tovarlarni sotish hamda O‘zbekiston hududiga tovarlarni import kilish jarayonida ular 
qiymatiga yangi qiymat ko‘shiladi. Bu ko‘shilgan qiymatning bir kismi soliq sifatida 
byudjet daromadiga olinadi. 
Ko‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha hisobda turgan yoki hisobda turishi shart 
bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugulanuvchi yuridik shaxslar ko‘shilgan qiymat 
solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. 
Ko‘shilgan qiymat solig‘ining ob’ekti bo‘lib, tovarni (ishlarni, hizmatlarni) 
realizatsiya va import kilish oboroti hisoblanadi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
bojxona qonunlarida belgilab ko‘yilgan bojxona rejimiga muvofik Respublika hududiga 
import qilinadigan tovarlar, ishlar va hizmatlar QQS solinadigan ob’ektlardir. Bojxona 
qiymati import qilinadigan tovarlarga QQS ni hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Realizatsiya bo‘yicha soliq solinadigan oborot mikdori realizatsiya qilinadigan 
tovarlar, qiymati asosida, qo‘llaniladigan narhlar va tariflardan kelib chikib, aktsiz 
solig‘ini hisobga olgan holda ularga QQSni kiritmasdan belgilanadi. 
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan oborot mikdoriga bojxona 
qiymati bilan bir katorda bojxona to‘lovi mikdori va aktsiz solig‘i mikdori kiritiladi. 
Import qilingan xom ashyo bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i Soliq kodeksining 39-
bobiga muvofiq hisobga kiritiladi. Uni amalga oshirish uchun Soliq kodeksining 218-
moddasining quyidagi talablariga rioya etish kerak: 
- xom ashyodan soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo‘yicha 
oborot maqsadlarida foydalaniladi; 
- QQS byudjetga to‘lanadi. Agar import qilingan tovarlarga soliq to‘lashdan ozod 
qilish tarzida maqsadli imtiyoz berilgan bo‘lsa, QQS ham hisobga qabul qilinadi; 
- import qilingan xom ashyo va materiallardan nol darajali stavka bo‘yicha soliq 
solinadigan eksport mahsulotini ishlab chiqarishda foydalanilganida eksport mahsulotiga 
chet ellik xaridor haq to‘laganligini tasdiqlaydigan bank ko‘chirmasi mavjud. 
Mamlakat ichida sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo import 
qilinganida QQS amalda byudjetga to‘langan hisobot davrida hisobga kiritiladi.
Eksport mahsuloti (nol darajali stavka bo‘yicha QQS solinadigan) ishlab chiqarish 
uchun import xom ashyosidan foydalanilganida olib kirish chog‘ida to‘langan QQS 
valyuta tushumi korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushgan davrda mahsulot 
realizatsiyasidan kelib tushgan ulushida hisobga qabul qilinadi. 


66 
MISOL. QQS to‘lovchi korxona mamlakat ichida va eksportga realizatsiya 
qilinadigan mahsulot ishlab chiqaradi. Uni ishlab chiqarish uchun xom ashyo keltirilib, 
uni bojxonada rasmiylashtirishda 12 500 ming so‘m QQS to‘langan.
Xom ashyo olib kirilganida korxonada uning xarajatini eksportga va ichki bozorda 
realizatsiya qilinadigan mahsulot bo‘yicha alohida hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud 
bo‘lmagan. Hisobot davrida realizatsiya hajmi quyidagilarni tashkil qildi: 
ichki bozorga - 48 100 ming so‘m, shu jumladan 8 016,7 ming so‘m QQS; 
eksportga - 35 200 ming so‘m (QQSning nol darajali stavkasi). Bunda kontraktning 
umumiy summasidan 40% valyuta tushumi kelib tushgan. 
Xarid qilingan import xom ashyosidan quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda 
foydalanilgan: 
ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot - 18 000 ming so‘mga, QQS - 3 600 
ming so‘m; 
eksport qilinadigan - 15 100 ming so‘m, QQS - 3 020 ming so‘m. 
Hisobot davrida quyidagi tarzda hisobga qabul qilinadi: 
ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan import 
xom ashyo bo‘yicha QQS summasi - 3 600 ming so‘m; 
eksport qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, olib kirilgan xom ashyo 
bo‘yicha QQS summasi (kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda) - 1 208 ming so‘m (3 
020 x 40%). 
QQS 20 foiz stavka bo‘yicha to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim 
ozik-ovkat tovarlari bo‘yicha QQS 10 foiz stavkada to‘lanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 71 va 72-moddalarida QQS 
bo‘yicha imtiyozlar berilgan. 
Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS realizatsiya qilingan tovarlar uchun 
hisoblab chiqarilgan QQS summasi bilan qiymatni ishlab chiqarish va muomala 
harajatlariga quyiladigan tovarlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi 
o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. 
Import qilinadigan tovarlarga QQS summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
SQQS = (St + Pip + As)/N, bunda 
St - import qilinayotgan tovarlarning bojxona qiymati
Pip – bojxona to‘lovi mikdori; 
As – aktsiz solig‘i mikdori; 
N - QQS - stavkasi foiz hisobida. 
Soliq to‘lovchi QQS bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi 
yakun bilan soliq yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan 
kechiktirmay va yil yakuni bo‘yicha yillik Moliyviy hisobotini topshirish muddatida 
takdim etadi. 
Soliq to‘lovchi soliqni hisob-kitoblar takdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli 
davr(oy) uchun realizatsiya bo‘yicha amaldagi oborot asosida to‘laydi. 
Tovarlarni import kilish chogida QQS bojxona deklaratsiyasi kabul qilinishidan 
oldin yoki bir vaktda to‘lanadi. Iport qilinayotgan ishlar va hizmatlar bo‘yicha QQS ishlar 
va hizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisoblab chiqariladi va import 
kiluvchi tomonidan yozilgan to‘lov kog‘ozi asosida to‘lanadi. 
Hisobga kiritiladigan summa hisoblab yozilgan soliq summasidan oshib ketganda 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin