U. A. Nurmanov toshkent 2016


) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish


səhifə51/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

1) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan: 
- tovar savdo-sotig‘i (yuklab jo‘natilishi); 
- garov bilan ta’minlangan (kafolatlangan) majburiyat ijro etilmagan taqdirda, 
garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga qo‘yilgan aktsiz to‘lanadigan tovarlarning 
berilishi; 
- aktsiz to‘lanadigan tovarlarning tekinga berilishi; 
- aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ish beruvchi tomonidan, qonun bilan ko‘zda 
tutilgan hollarda, yollanma xodimga ish haqi hisobiga yoxud yuridik shaxs muassisi 
(ishtirokchisi)ga hisoblab yozilgan dividendlar hisobiga berilishi; 
- aktsiz to‘lanadigan tovarlarning boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga ayirboshlash 
orqali berilishi. 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarning bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga tekinga 
va/yoki pullik asosda egalik huquqiga o‘tkazilishi, shuningdek ulardan mahsulot bilan 
to‘lovda foydalanish aktsiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, deb e’tirof etiladi. 
Garov bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda aktsiz to‘lanadigan tovarlar - garov 
predmetlarining berilishi, shuningdek aktsiz to‘lanadigan tovarlarning boshqa tovarlar 
(ishlar, xizmatlar)ga ayirboshlash orqali berilishi ham realizatsiya qilish hisoblanadi. 


74 
Aktsiz solig‘i stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aktsiz to‘lanadigan 
tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aktsiz to‘lanadigan tovarlarning mahsulot bilan 
ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, tamaki mahsulotlari 
bo‘yicha aktsiz solig‘i stavkasi 1 000 donaga, o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha - 1 tonnaga 
belgilangan, ya’ni 
aktsiz solig‘i summasi = soliq miqdori + soliq stavkasi.
 
MISOL. Zargarlik zavodi aktsiz solig‘i va QQS hisobga qabul qilinmagan holdagi 
qiymat bo‘yicha, umumiy summasi 120 000 ming so‘mga teng oltin buyumlar turkumini 
realizatsiya qildi. Aktsiz solig‘i stavkasi 25%ni tashkil qiladi. 
Aktsiz solig‘i summasi 30 000 ming so‘mga (120 000 x 25%), QQS summasi - 30 
000 ming so‘mga [(120 000 + 30 000) x 20%] teng bo‘ladi;

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin